03 may 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Magomedsharipovning menejeri uning ketishi haqida gapirdi
UFC jangchisi Zabit Magomedsharipovning menejeri Ali Abdel-Aziz Zabitning faoliyatini tugatishi haqidagi savollarga javob berdi.
"Zabit o'zini titul uchun jangga loyiq deb hisoblaydi. Ammo, UFC'dagilar chempionlik jangini tashkil qilib bo'lishdi. SHu sababli bunga hali oydinlik kiritilishi lozim.
Zabit o'z so'zida qatiy turibdi. Uni boshqa narsa xayron qoldira olmaydi. Biz nima bo'lganda ham kerakli qarorni qabul qilish uchun yopiq eshiklar ortida bu masalani muhokama qilamiz va qaror qabul qilamiz", -dedi Ali Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Zabit Magomedsharipov MMA'da 18 g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar