01 apr 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Zabit Magomedsharipovning MMA'ga qaytishi haqida xabarlar tarqaldi
Avvvalroq UFC sobiq jangchisi, rossiyalik Zabit Magomedsharipov MMAdagi karerasini qayta tiklashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Lekin sportchi buni rejalashtirmayapti. Bu haqda Mash Telegram-kanali xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, Zabit diniy sabablarga ko'ra oktagonga qaytishni istamaydi. UFC sobiq jangchisining do'stlari malum qilishicha, Magomedsharipovning mashg'ulot videosi, u videoda do'sti tez orada qaytishini elon qilgani, muxlislarni qiziqtirish va atletga etibor qaratish uchun olingan.
Zabit Magomedsharipov 34 yoshda. Xasavyurt shahrida tug'ilgan jangchi 2012 yildan professional MMA faoliyatini boshlagan. SHuningdek, u ACB promoushenida yarim engil vazn chempioni bo'lgan.
2022 yilda u MMAdagi faoliyatini yakunlashni elon qilgandi.
Havola :
Manba : Mash
Fikrlar