So’nggi yangiliklar

15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 iyu 09:02
Yangiliklar

Dzyudo

Zagreb Gran-prisi. Lutfullaevda qimmatli 700 ochko, terma jamoamiz esa peshqadamlar safida!

Xorvatiyaning Zagreb shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning birinchi kungi bahslari ortda qoldi.

Kecha erkaklar -60 va -66 kg, ayollar -48, -52 hamda -57 kg vazn toifalarida medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. 

Quvonarlisi, -60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz SHarofiddin Lutfullaev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, uzoq kutilgan oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi. U shuningdek, qimmatli 700 reyting ochkosiga ham ega bo'ldi. 

-66 kg vaznda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan Muhriddin Tilovov esa bronza medali uchun kechgan bellashuvda franciyalik Kilian de Blouchga uchta shido bahosi bilan yutqazib qo'ydi. Vaholanki, Muhriddin ukrainalik afsonaviy dzyudochi Georgiy Zantarayani mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. 

Birinchi kungi bahslardan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bitta oltin va beshinchi o'rin bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olgan. Ikkinchi o'rindan joy olgan Qozog'iston terma jamoasi hisobida ham xuddi bizda bo'lgani kabi bitta oltin va beshinchi o'rin bor. 

Bittadan oltin va kumush medalga ega Yaponiya terma jamoasi hozircha peshqadam. Kanada va ispaniyalik dzyudochilar ham kechagi kun bahslarida bir nafardan chempionga ega bo'lishdi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing