28 iyu 21:44
Yangiliklar
Dzyudo

Zagreb Gran-prisi. Revansh olindi, Yusupov bronza medal sovrindori!
Xorvatiya poytaxti mezbonlik qilayotgan Zagreb Gran-prisi o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
+100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz Alisher Yusupov musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. U hozirgina yakuniga etgan bahsda rossiyalik Alen Cxovrebovga qarshi tatamiga chiqdi va qisqa fursatda g'alaba qozondi.
Rossiyalik bu kurashchi uchinchi davra bellashuvida yana bir hamyurtimiz Bekmurod Oltiboevni taslim etgandi. Demak, Yusupov o'sha mag'lubiyat uchun munosib revansh olishga muvaffaq bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Zagreb Gran-prisini bittadan oltin va bronza medali bilan yakunladi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar