28 sen 09:39
Yangiliklar

Zamohshari Bekmurodov Prague European Open g'olibi, Qurbonboevada bronza!
Quvonarlisi, buxorolik yosh dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov Prague European Open 2025 chempioniga aylandi. Faoliyatida ilk bor -73 kg vazn toifasida kurashgan 20 yoshli polvonimiz tajribali raqiblarini engib, nufuzli musobaqa g'olibi bo'ldi. Bekmurodov final bellashuvida ukrainalik Said-Magomed Xalidovni bir daqiqada og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Terma jamoamizga bugunning hisobidan ikkinchi medalni Irisxon Qurbonboeva keltirdi. +78 kg vazndagi vakilamiz bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Kinga Volchakni ippon bahosi evaziga taslim etdi.
O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikrlar