12 fev 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo'ldi + POSTER
Bu haqida sportchi Instagramdagi sahifasi orqali xabar qildi.
"SHartnoma imzolandi. 8 may kuni juda kuchli va tajribali raqibga - Rayan Benoitga qarshi jang qilaman. Sportdagi faoliyatimdagi eng muhim jangim. Ushbu jangda barchasi hal bo'ladi. Bizdan harakat, Xudodan barakat", - deb yozib qoldirdi Adashev.
Malumot uchun, Zarrux Adashev shu kunga qadar MMAda 6 ta jang o'tkazgan va ularning 3 tasida g'alaba qozongan (3 ta mag'lubiyat). Rayan Benoit esa 17 marotaba oktagonga ko'tarilib, 10 ta jangda g'alaba qozongan. 7 ta bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar