07 fev 07:25
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Zohid Kenjaev Ispaniyadagi yurishini boshladi
Stol tennisi bo'yicha O'zbekiston terma jamoamiz azosi Zohid Kenjaev Ispaniyada Xalqaro stol tennisi federaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan "Spanish Open" turnirini g'alaba bilan boshladi.
			Joriy yili Tokio shahrida o'tadigan Olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur musobaqaning ilk bosqichida Zohid Kenjaev rossiyalik Artur Abusevga qarshi o'yin o'tkazdi va 4:1 (11:9, 3:11, 11:1, 11:8, 11:4) hisobida g'alaba qozondi.
Endi stol tennischimiz Granada shahri mezbonlik qilayotgan turnirning 1/32 final bosqichida germaniyalik Benedikt Duda bilan kuch sinashadi.
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati.
            Havola            :         
             
			
Fikrlar