05 fev 08:50
Yangiliklar
Zohid Kenjaev Ispaniyaga yo'l oldi
Stol tennischimiz Tokio olimpiadasi uchun reyting ochkolar taqdim etadigan «Spanish Open» musobaqasida vatanimiz sharafini himoya qiladi. Granadadagi turnirda 240 nafar stol tennis ustalari bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Hamyurtimiz ilk uchrashuvini 6 fevral kuni o'tkazadi.
Malumot uchun, stol tennischimizning reytingdagi o'rni yuqori bo'lganligi sababli, u dastlabki o'tish bosqichlarida ishtirok etmaydi va to'g'ridan- to'g'ri musobalarni 1/32 final bosqichidan boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Zohid Kenjaev 28 yanvar — 2 fevral kuni bo'lib o'tgan «German Open» musobaqasida ishtirok etib, Yaponiyada bo'lib o'tadigan olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini ishlashga muvaffaq bo'lgandi.
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar