So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

08 may 10:40
Yangiliklar

Boshqalar

Zominda o'zbek jang sanati bo'yicha mamlakat chempionati o'tkazildi

Teglar :  O'zbek jang sanati
5-7 may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Milliy urf odatlarimiz, qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan boy manaviy merosimiz va albatta, o'ziga xos va o'xshashi yo'q jang usullarini o'zida mujassamlashtirgan
O'zbek jang sanati bugun yoshlarimizning sevimli sport turiga aylanib borayotganini Zomin tumani mezbonlik qilgan mamlakat chempionatida ko'p sonli sportchilarning ishtirokidan ham anglash mumkin.

Sport vazirligi hamda Respublika O'zbek jang sanati federaciyasining yillik taqvim rejasidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida 1200 nafar sportchilar "Temuriylar bellashuvi", "Qilich-qalqon", "Kamondan o'q uzish" hamda "Nayza uloqtirish" yo'nalishlarida o'zaro kuch sinashishdi.

Zomin tumanining go'zal tabiat qo'ynida o'tgan musobaqaning dastlabki kun bellashuvlarida  700 nafarga yaqin o'smirlar va yoshlar har bir yo'nalishda 8 tadan vazn toifasida  g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Qiziqarli  o'tgan uchrashuvlarning birinchi kunida eng munosib deb topilgan yosh atletlar g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Reglamentga ko'ra, musobaqaning ikkinchi kunida kattalar o'rtasidagi "Temuriylar bellashuvi", "qilich-qalqon", "kamondan o'q uzish", "nayza uloqtirish" "ot choptirish", "ot ustida kamondan o'q uzish" "ot ustida qovoq kesish" yo'nalishlari bo'yicha bellashuvlar ham murosasiz va shiddatli tarzda davom etdi. Belgilangan har bir yo'nalishda g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar shoh supasiga ko'tarilib, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

CHempionatning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Andijon jamoasi egalladi. Ikkita uchinchi o'rin esa Jizzax va namanganlik atletlarga nasib etdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing