24 sen 15:40
Yangiliklar

Zubayra Tuxugov Lobovga qarshi jang uchun shartini aytdi
"Men u bilan jang qilishdan umuman mano ko'rmayapman. Hozirgi vaqtda yuqoriga intilyapman. Navbatdagi jangimdan so'ng TOP-15likka, undan keyingi jangda esa TOP-10likka kiraman. Bu yigit mendan ancha ortda. U uyda o'tiribti, hech qaerda urishmayapti. Lobov bilan jang qilish uchun yana ortga qaytishim kerakmi?
U bilan jang qilish uchun aniq sabab bo'lishi kerak. Agar shunday sabab topilsa, men u bilan jang qilaman. Men undan qochayotganim yo'q, buni odamlar biladi. O'z vaqtida men unga chaqiruv tashlaganman, u esa UFCdan ketdi. Bizni jangimiz o'tkazilishi kerak edi. Men shu erdaman, u esa ketdi. Men o'z yo'limda davom etaman, u esa o'z ortda qoldi.
Marhamat u UFCga qaytsin, meni darajamga chiqsin va biz albatta jang qilamiz. Lekin, men shunchaki urushmayman, huddi oxirgi marta jang qilayotgandek jang qilaman",-dedi Zubayra Tuxugov intervyusida.
Fikrlar