29 noy 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugovning navbatdagi jang sanasi malum
Rossiyalik yarim engil vazn toifasida taniqli UFC jangchisi Zubayra Tuxugov hamyurti Islam Maxachev bilan bir oqshomda oktagonga ko'tariladi.
Zubayra 26 fevral kungi UFC turnirida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasi reytingining uchinchi va to'rtinchi pog'onalaridan joy olgan Beneil Dariush hamda Islam Maxachev o'rtasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Zubayra Tuxugov o'tgan oy Abu-Dabi shahrida o'tgan UFC 267 turnirida Rikardo Ramosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar