07 sen 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

"Zubayraga qarshi tekinga, istalgan vaznda jang qilishga tayyorman"
Asli rossiyalik bo'lgan Artyom Lobov UFC jangchisi Zubayra Tuxugovga qarshi jang qilish istagidan hali ham voz kechmaganini malum qildi.
"Bu jang men uchun hali ham juda muhim. Menga unga qarshi jang uchun hech qanday pul kerak emas. Zubayraga qarshi jangdan tushadigan barcha pullarni mehribonlik uyiga beraman. SHuningdek, u bilan istagan vaznda jang qilishga tayyorman", - dedi Artyom.
Eslatib o'tamiz, Lobov va Tuxugov o'rtasida ancha yillardan beri o'zaro nizo bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar