03 fev 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Zuffa Boxing 02: Sobiq WBC chempioni Gvozdikni muddatidan avval mag'lub etishdi
AQSHning Las-Vegas shahrida Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing promoushenining ikkinchi prof boks turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida serbiyalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Radivoy Kalayjich sobiq WBC chempioni ukraialik Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tarilib, muddatidan avval g'alaba qozondi.
Gvozdik olti raund davomida ustunlikka erishgan, hatto birinchi va to'rtinchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi. Biroq ettinchi raundda Kalayjich Gvozdikni ikki marta yiqitdi. Ikkinchi nokdaundan so'ng ukrainalik o'rnidan turishga urindi, ammo hakam jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar