19 iyu 14:35
Yangiliklar
Tennis
Zvonaryova Niginadan keyin Ejeni Busharni ham mag'lub etdi
Germaniyaning Berlin shahrida o'tkazilayotgan WTA turnirining saralash bahslari yakuniga etdi.
WTA reytingida 1232-pog'onada borayotgan Vera Zvonaryova dunyoning 219-raketkasi, kanadalik tennis malikasi Ejeni Busharni 6/3, 5/7, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, musobaqaning asosiy to'riga yo'l oldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Zvonaryova 2, Bushar 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Vera saralashning ilk davrasida mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimovani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar