So’nggi yangiliklar

19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0 19:11Андижон “Uzbekistan Judo Tour”да кучлилар аниқланди 0 18:50Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди 0 18:29"UFC мени ҳурмат қилмаяпти" - Хукер 0 18:08U-19 жаҳон чемпионати. 1/8 финалдан ўрин олган Ўзбекистон - Италия ўйини кутилганидан тез якунланди 0 17:41Икки кишининг ўлимига сабаб бўлган Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси 10 йилга қамалиши мумкин (+ВИДЕО) 0 17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди, унинг мураббийи вазиятга изоҳ берди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0

07 mar 13:49
Yangiliklar

Gimnastika

Afsonaviy CHusovitina boshchiligidagi gimnastlarimiz Jahon kubogidan qaytib kelishdi

Xabar berganimizdek, 2-5 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 30ta davlatidan eng kuchli gimnastlar qatorida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, musobaqada o'zbek sportining afsonasi, Olimpiada o'yinlarida 8 marotaba qatnashgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana CHusovitina etakchiligidagi bir guruh sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.


Jumladan, Jahon kubogining tayanib sakrash mashqlarida yaqinda 47 yoshga kiradigan faxrimiz Oksana CHusovitina eng yaxshi natija qayd etdi va oltin medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, terma jamoamiz azolaridan O'tkirbek Jo'raev hamda Habibullo Ergashev final bosqichida munosib qatnashdi va kuchli sakkizlikdan joy olishdi.

Bugun tunda, 6 martdan 7 martga o'tar kechasi soat 02:00da sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, «O'zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi SHavkat Umurzoqov, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.


Unda so'zga chiqqan vazir o'rinbosari SH.Mahmudov Oksana CHusovitinani yana bir bor ajoyib g'alaba bilan tabriklab, Jahon kubogida qayd etilgan natijani Osiyo o'yinlarida ham takrorlashiga ishonch bildirdi va ushbu ko'rsatkich bilan hamyurtimiz Osiyo o'yinlari shohsupasiga ko'tarilishi uchun etarli bo'lishiga umid qilishini takidlab o'tdi.


«O'zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi hamda O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi SHavkat Umurzoqov ham Oksana CHusovitina sportimiz faxri ekanligini takidlab, unga kelgusida ham omad yor bo'lishini bildirdi.

O'z navbatida tadbirning bosh qahramoni bo'lmish O.CHusovitina bunday yuksak etibor uchun minnatdorlik bildirib, faoliyatini O'zbekiston uchun medal yutgach yakunlashini aytin o'tdi.

Tadbir yakunida afsonaviy sportchimiz OAV xodimlariga intervyu berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing