So’nggi yangiliklar

19:40UFC Ўзбекистон ҳудудида расман трансляция қилиниши мумкин 0 19:19Шон О'Мэлли Плесси - Чимаев жанги учун тахмин билдирди 0 18:58"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради 0 18:37Усикнинг собиқ промоутери: "Александр фаолиятини тугатиши учун барча ишни қиламан" 0 18:16Шахматчиларимиз "Qonaev Cup 2025" турниридаги иштирокларини бошлашди 0 17:55Ўзбекистон бокс федерацияси Лазизбек Мулложонов билан боғлиқ вазият бўйича муносабат билдирди 0 17:34"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди 0 17:13Царукян Топуриянинг ҳаракати ва услубини масхара қилиб, Макгрегорни кўчирмачиликда айблади (ФОТО) 0 16:52Қозоғистон терма жамоаси аъзоси Аман Консбеков ўзбекистонлик боксчидан қабул қилиб олган мағлубиятини тан олмади 0 16:31Ўзбекистонлик ММА жангчиси Зубайра Тухугов билан жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 16:10Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби 0 15:4918 ёшли Мбоко фаолиятида илк бор WTA турнири 1/2 финалига чиқди 0 15:28Иноуэнинг собиқ рақиби Рамон Карденас Наоя ва Муроджон жанги ҳақида гапирди 0 15:07"Мен қилган хатони қилма". Царукян Чимаевга маслаҳат берди 0 14:46"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди 0

29 apr 11:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Artur Beterbiev: "Bu 10 kun xotiramda abadiy qoladi"

Yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev professional boksdagi faoliyati boshlanmasdan tugashi mumkin bo'lganligi haqida gapirdi.

"Bir kuni men bilan bir voqea sodir bo'lgan, bu mening kareramni deyarli boshlanmasdan tugashiga olib kelishi mumkin edi.

Moskvaga, Olimpiya zaxiralari maktabiga o'qishga borgandim. Maktabning barcha sportchilari singari shifokorlar ko'rigidan o'tishni boshladim. Ular bitta juda yoqimsiz tashxisni aniqladilar. Bu bilan professional ravishda sport bilan shug'ullana olmasdim va 70-80 yoshli qariyalar kasalxonasiga borib, qo'shimcha tekshiruvdan o'tishim va davolanishim kerak edi.

Boksdagi hayotim shu tariqa tugashidan juda xavotirda edim. Bundan tashqari, bularning barchasini yolg'iz boshdan kechirishim kerak edi. Men onamni, qarindoshlarimni xafa qilishni xohlamadim. SHuning uchun ularga hech narsa aytmaganman. Faqat eng yaxshisiga umid qildim. 10 kunlik muolajadan so'ng yana ko'rikdan o'tdim. Xech qanday kasallik yo'qligi malum bo'ldi. Bu xato edi!  Tashxis qo'yishda adashishganmi yoki boshqa narsa - bu muhim emas. Muhimi, mashg'ulotlarga qaytishga muvaffaq bo'ldim.

Ammo, bu 10 kun xotiramda abadiy qoladi. SHuning uchun hamisha yaxshilikka umid qiling va imkon boricha sport bilan shug'ullaning", — deb yozadi Beterbiev ijtimoiy tarmoqlarida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing