So’nggi yangiliklar

14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0

27 apr 12:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Azizbek Abdug'ofurov: "Fyodorning akasini mag'lub etganman, endi navbat uning o'ziga"

Ertadan keyin Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi Vegas City Hall arenada navbatdagi professional boks kechasi o'tkaziladi.

Etiborlisi, oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadi. Ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug'ofurov rossiyalik tajribali bokschi, sobiq jahon chempioni Fyodor CHudinovga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang 10 raund etib belgilangan.  

Kecha bokschilar matbuot anjumanida ishtirok etishdi va jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. 30 yoshli Abdug'ofurov mazkur jangga 3,5 oy davomida tayyorgarlik ko'rgani va g'alabadan boshqa natija haqida o'ylamayotganini alohida takidladi.

"Men undan qo'rqamayman. Murabbiyim bilan birga Fyodorning hamma janglarini ko'rib chiqdim. Mashg'ulotlarda astoydil ishladim. Bu jangga uch yarim oy tayyorgarlik ko'rdim. Fyodorning akasi Dmitriyga qarshi Toshkentda jang o'tkazganman. Ayni paytda uning ukasini ham mag'lub etishga ham shayman. Fyodor qanchalik mashhur bo'lmasin, undan qo'rqmayman. Lekin hurmatini joyiga qo'yaman. Moskvaga uni mag'lub etish uchun kelganman. O'zim ham, jamoam ham 29 aprel kungi jangga tayyor", — dedi Abdug'ofurov. 

Malumot uchun, Azizbek Abdug'ofurov shu kungacha prof ringda 14 ta jang o'tkazib, 13 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan. Yagona mag'lubiyatini o'tgan yilning 20 mart kuni Moskvada qabul qilib olgandi. O'shanda u rossiyalik Pavel Silyaginga 108-120, 109-119, 109-119 hisoblarida yutqazib qo'ygandi. Silyagin WBC Silver kamarining yangi sohibiga aylangan edi. 

Bokschimizning 29 aprel kunidagi raqibi Fyodor CHudinov hisobida esa 25 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 durang bor. O'n ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Fyodor oxirgi jangini 2021 yilning 15 oktyabr kuni Ronni Mittagga qarshi o'tkazib, muddatidan avval zafar quchgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing