So’nggi yangiliklar

19:33Фигурали учиш бўйича Ўзбекистон чемпионати бошланди, унда россиялик атлетлар ҳам иштирок этяпти 0 19:12"Реал"га яна "йўқ" дейишди 0 18:51“Янги Ўзбекистон Олимпия чўққилари”га тайёргарлик юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди 0 18:30Ўзбекистонлик уч теннисчи Roland Garros мусобақасининг чорак финалига йўл олди 0 18:12БУМ! Ўзбекистонлик спортчи Дана Уайт даъвогарлар сериясида жанг қилади 0 18:09Кураш бўйича Осиё чемпионати якунланди: Ўзбекистон терма жамоаси барча ёш тоифаларида тенгсиз! 0 17:48Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега? 0 17:27Шахматчиларимиз иштирокидаги "Qonaev Cup 2025" турнирида 2-тур партиялари ўйналди 0 17:06Артём Лобов: "Макгрегор учун қўлимдан келган ҳаммасини қилдим" 0 16:45Боксчиларимиз энг кўп иштирокчи билан Осиё чемпионати финалига чиқишди 0 16:24Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди 0 16:03Муроджон Аҳмадалиев: "Чемпионнинг уйига бориб, камарларини олиб келиш керак" 0 15:42Торонто "Мастерс". Андрей Рублёвни 20 та эйс мағлуб этди 0 15:21Ислом Бирдамлиги ўйинларига тайёргарлик бошланди 0 15:00"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди 0

23 mar 16:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov tanqidchilarga javob qaytardi

Teglar :  Bahodir Jalolov
Bahodir Jalolov tanqidchilarning fikrlariga munosabat bildirdi.

Bir necha kun avval og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Dubayda jang o'tkazdi. Jang yakunida «Big Uzbek» Joshua, Usik va Fyuri bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan edi. Bokschining ushbu gaplari ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Jalolov Instagram sahifasi orqali tanqidchilarga javob qaytardi:

«Barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Duolaringiz bilan professional boksdagi barcha janglarim g'alaba bilan yakunlandi (10-0) Alhamdullilah!

Jang yakunida WBC va "Probellum" Prezidentlariga aytgan gaplarimdan so'ng bizga ayrim boksni zo'r tushunadigan odamlardan juda ko'p «aqlli» fikrlar  va noo'rin munosabatlar etib kela boshladi.

Unga ko'ra, men Joshua, Usik, Tayson Fyuri yoki boshqa kuchli bokschilar bilan 1 raund ham jang qila olmas ekanman. Bunday izohlar menga faqat motivaciya beradi, sababi shu gaplarning egalari keyinchalik uyalib qolishlari uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. O'zbek bokchilarining hech kimdan kam joyi yo'q.

Bundan roppa rosa 5-6 yil ilgari bildirilgan negativ fikrlar xayolimga keldi, o'shanda meni xech qachon Olimpiya o'yinlarini yuta olmaydi deyishgan edi! Alhamdullilah, Alloh Olimpiada chempioni degan unvonni berdi! In SHaa Alloh, professional boksda ham sizlarni uyaltirmaslik uchun bor kuchim bilan xarakat qilaman! 

Meni qo'llab-quvvatlayotgan yaqinlarim va aziz vatandoshlarimni esa chin ko'ngildan yaxshi ko'raman», - deya post qoldirdi Jalolov.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
23 mar 21:21:54
Абдурахмон Вахобов
ОЛЛОХим узи кулласин ИЛОХИМ
   
23 mar 20:30:31
Iymon
Негативчиларнинг, куролмайдиганларнинг кути куйсин! Газингни бос укам!
   
23 mar 17:20:16
.Sherzod.
To‘g‘ri Jalolov Osiyo, Jaxon va Olimpiyani yutdi bu xar qanaqa sportchi orzu qiladigan natija lekin bir narsani unutmaslik kerak Jalolovni bu darajaga olib chiqish uchunam qanchadan qancha sharmandali musoboqalarni va sharmandali mag‘lubiyatlarni boy berishga to‘g‘ri kelganinixam unutmaslik kerak bu xuddi qurigan ko‘chatdan mevali daraxt olish bilan barobar edi
-1   
23 mar 21:50:28
Uzbekfer
Rio 2016 da juda bôsh harakat qilib mag'lub bôlganida, juda jahlim chiqib, bu bokschimas, basketbolga jônatish kerak deb aytgandim.
Lekin shunchalik ôzgarishini kutmagandim. Qoyil qoldim. Ayniqsa Tokioda hammadan kuchliligini ham ruhan, ham jismonan kôrsatdi. Prof boksda 3, 4 yil ichida hamma kamarlarni qôlga kirita oladigan potensiali bor hozirgi kunda.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing