So’nggi yangiliklar

13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0

25 avg 14:26
Yangiliklar

Kurash

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari endi kurash bo'yicha ham bellashadi

Teglar :  Kurash
Sportni rivojlantirish vazirligida kurash bo'yicha mahalla yoshlari o'rtasida “Bosh prokuror kubogi” musobaqalarining o'tkazilish tartibi hamda 2023 yilgi kalendar rejaga kiritilayotgan Respublika va xalqaro musobaqalar muhokamasiga bag'ishlangan o'quv-seminar tashkil etildi.

Dastlab o'quv-seminar ishtirokchilari uchun “Kurash istiqbollari” hujjatli filmi namoyish etildi. SHundan so'ng tadbirni Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari Abdulla Aslonov kirish so'zi bilan ochib berdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumidan boshlab ommaviy sport musobaqalari dasturiga milliy qadriyatimiz bo'lmish kurash musobaqalari ham kiritildi. Ayni vaqtda musobaqalarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, - dedi A.Aslonov o'z so'zida.

Tadbir doirasida O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komiljon Yusupov kurashning tarixi va istiqbollari haqida maruza qildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i SHarif Mo'minjonov esa “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash bo'yicha “Bosh Prokuror kubogi” musobaqalarining o'tkazilish tartibi to'g'risida tushuntirish berdi.

Eslatib o'tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasidagi tanlov va musobaqalarga arizalarni qabul qilish joriy yilning 10 avgustidan 9 sentyabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan. 10 sentyabrdan esa musobaqa va tanlovlarga start beriladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing