So’nggi yangiliklar

11:55Олимпиада-2024 чемпиони Иман Хелиф World Boxing ташкилотини судга берди 0 11:34Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси! 0 11:13Олимпиада совриндорлари Японияга жўнаб кетишди 0 10:52US Open. Наоми Осака дунёнинг учинчи ракеткасини мағлуб этди 0 10:31Боксчиларимиз Жаҳон чемпионати манзилига етиб боришди 0 10:10CAFA. Бугун Турманистонга қарши майдонга тушамиз 0 09:49Магомед Анкалаев: "Перейра машғулотига таксичиларни таклиф қилибди" 0 09:28Синнер US Open 1/8 финалида қозоқ теннисчисини "сочиб" ташлади 0 09:07Фурқатбек Ёқубов: "Дана, менга локация ташла, манзилнинг аҳамияти йўқ!" (+ВИДЕО) 0 08:46Марко Асенсио энди турк клуби шарафини ҳимоя қилади 0 08:25Фомин Shanghai Challenger турнири саралашида иккита ўйин ўтказди 0 08:04Жей Опетайя Усик билан жанг учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 07:43UFC Париж турнирининг асосий кардидан ўрин олган жанг бекор қилинди 0 07:22Расман: Исак - "Ливерпуль" футболчиси! Трансфер рекорди янгиланди 0 07:01US Open. Свёнтек сўнгги рус теннисчисини ҳам мағлуб этди 0

03 noy 10:31
Yangiliklar

Engil atletika

Bir vaqtda yurtimizning 15 shahrida “Yangi nafas” sport musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  Yangi nafas
13 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kunga bag'ishlab yurtimizning 15 ta shahrida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida “Yangi nafas” sport musobaqalari o'tkaziladi.

Toshkent shahar hokimligida mazkur musobaqaga tayyorgarlikning borishiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda ishtirok etgan Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Sanat G'ulomnazarov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro'zamuhamedov, “Yangi nafas” yugurish musobaqasi tashkiliy qo'mitasi azosi SHuhrat Usmonov, musobaqa bosh hakami Hasanboy Ortiqov va Havaskor yuguruvchilar klubi rahbari Andrey Kulikov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Takidlanganidek, davlatimiz ramzlarini qadrlash, xususan mamlakatimiz bayrog'i qabul qilingan kunni munosib nishonlash maqsadida yurtimizning 15 ta shahrida “Yangi nafas” yugurish musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha ishchi guruhlar tuzilib, joylarda zarur ishlar amalga oshirilmoqda.  

Joylardagi ishchi guruh vakillarining axborotiga ko'ra, mazkur yugurish tadbirlarida 50 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Hududlar kesimida esa Toshkent shahridagi uchta maskandagi yugurish tadbirlarida 5 ming nafar atrofida ishtirokchi bo'lsa, har bir hududda ikki 2.5-3 ming nafar ishtirokchi ommaviy yugurish musobaqalari qatnashchisiga aylanishi maqsad qilgan.  

Jahon maydonlarida jonajon Vatanimiz timsoli bo'lib yuksalib turgan O'zbekiston bayrog'iga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida o'tadigan yugurish musobaqalari aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

“Yangi nafas” yugurish musobaqalari nizomiga binoan o'tgan besh yil mobaynida sport turlari bo'yicha mamlakat terma jamoasiga nomzod bo'lgan sportchilar qatnashmasligi belgilangan. Bu, endi jismoniy tarbiya va sportga oshno tutinayotgan insonlarga, yoshlarga g'oliblik yo'lida keng imkoniyatlar yaratadi.  

Andijon, CHirchiq, Guliston, Jizzax, Farg'ona, Qo'qon, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va hamda poytaxtimizdagi “Humo Arena”, “Yangi O'zbekiston”, “Ashxobod” bog'lari hududlarida O'zbekiston bayrog'i kuni munosabati bilan o'tadigan ommaviy yugurish musobaqalarini boshqarib borish, g'olib va sovrindorlarni aniqlash, musobaqalarning texnik va taktik jihatlarini nazorat qilishda har bir hududda 23 nafardan hakamlar hamda o'nlab ko'ngilli yordamchilar faoliyat ko'rsatadi.

Yugurish musobaqasi Yangi O'zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash, ming-minglab insonlarni sog'lom turmush tarziga oshno tutinishga jalb etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing