So’nggi yangiliklar

17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0

24 mar 19:01
Yangiliklar

Qilichbozlik

Buxorolik qilichbozlar Olimpiada sovrindoridan saboq olishdi

Teglar :  Qilichbozlik
Ayni kunlarda Buxoro viloyatida trenerlar uchun qilichbozlik bo'yicha terma jamoamiz murabbiyi ukrainalik Mixail Tishko ishtirokida o'quv-seminarlari tashkil qilinmoqda.

Seminar doirasida yosh sportchilar uchun ham bir qator tadbirlar o'tkazildi.

Mixail Tishko shpaga yo'nalishi bo'yicha murabbiy bo'lib, sportchilik davrida Seul-1988 Olimpiya o'yinlarining sovrindori, 1987 yil Lozannada o'tgan jahon chempionati g'olibi bo'lgan. SHubhasiz, bunday boy tajribaga ega mutaxassisning bilimi yosh sportchilarimizning kelajakda etuk sportchi bo'lishlarida qo'l keladi. SHu maqsadda tajribali murabbiy ishtirokida trenerlar uchun seminarlar, yosh qilichbozlar uchun esa mahorat saboqlari tashkil qilindi.

Tadbirlar Buxoro viloyatidagi 2-BO'SMda tashkil etilib, unda viloyatning 7 nafar murabbiyi va 120 dan ziyod yosh qilichbozlari ishtirok etishmoqda. Seminar davomida Mixail Tishko sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash, ularga beriladigan ovqatlar racionini to'g'ri tuzib chiqish, yosh sportchilarni hozirdan manaviy jihatdan tarbiyalash, sanitariya qoidalarini o'rgatish borasida o'z bilimlari bilan o'rtoqlashgan bo'lsa, yosh shpagachilar uchun jangdagi tezkor harakatlar, raqibni aldash, hujum qilishdagi to'g'ri texnikalar bo'yicha saboq berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing