So’nggi yangiliklar

11:43Жон Жонс фаолиятини якунлаган Дастин Порьега мурожаат қилди 0 11:22Универсиаданинг бешинчи куни ўзбекистонлик спортчилардан кимларга мухлислик қиламиз? 0 11:01Абдулло Алиев ва Жалгасбай Бердимуратов Будапешт рейтинг турнири совриндори! 0 10:40Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчиси ким деган саволга жавоб берди 0 10:19Қозоғистонлик теннисчи Swiss Open Gstaad чемпиони! 0 09:58Марказий жанги Хотамбек Бойназаров иштирокида ўтадиган UAE Warriors 62 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:37Ёзги Универсиадада қатнашадиган талаба дзюдочиларимиз Германияга жўнаб кетишди 0 09:16Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди 0 08:55Данила Семериков янги мавсумга Москвада тайёрланяпти 0 08:34Макс Холлоуэй UFC раҳбарларига эътироз билдирди 0 08:13Анвар Бойназаров ва Шоҳруҳ Холмуродов Karate Сombat 56 турнирида жанг ўтказди + ФОТО 0 07:52Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда 0 07:31Ўзбекистон делегацияси Японияда антидопинг тажрибасини ўрганмоқда 0 20:13Ҳасанбой Дўсматов профессионал боксда навбатдаги жангини ўтказди (ВИДЕО) 0 20:03Универсиаданинг тўртинчи кунини битта медаль билан якунладик 0

04 jan 09:42
Yangiliklar

Boks/MMA

CHarlz Oliveyra muxlislardan raqib tanlab berishlarini so'radi

Engil vaznda UFC chempioni CHarlz Oliveyra "Instagram" sahifasida muxlislarga murojaat qilib, o'ziga keyingi jangidagi raqibni tanlab berishlarini so'radi.

Braziliyalik chempion bo'lajak raqibi sifatida divizionning birinchi raqamli davogari Jastin Geytji hamda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni ko'rmoqda. Muxlislari shu ikki nomzoddan birini tanlab berishlari lozim.

"Kelinglar, yilni ushbu so'rovnoma bilan boshlaymiz. Kimni menga raqib sifatida ko'rishni xohlardingiz?", - deya "Instagram"dagi surat va uning ostida izoh qoldirgan Oliveyra.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli CHarlz Oliveyra o'tgan yilning may oyida Xabibdan so'ng vakant qolgan UFC kamarini qo'lga kiritgandi. U ikkinchi raundda Maykl CHendlerni texnik nokautga uchratgan edi. Dekabr oyida esa ilk himoya jangini o'tkazdi. U uchinchi raundda Dastin Poreni bo'g'ib qo'ydi.

Ushbu g'alabadan so'ng UFC prezidenti Dana Uayt Jastin Geytjini Oliveyraning kamariga rasmiy davogar deb elon qildi. Lekin keyinroq Konor Makgregor kamar uchun jang qilish istagini bildirganidan so'ng Dana Uayt CHarlz - Konor jangini o'tkazish varianti paydo bo'ldi. 

O'z o'rnida CHarlz Oliveyra ham 7 may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan UFC 274 turnirida Konor bilan jang qilishi mumkinligini aytgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
05 jan 11:24:02
Отабек Артиков
Konor shunchaki hamma jangchilarga koproq haq olish uchun qulay shans, lekin reyting masalasi bor va olivera kamarni munosiblardan himoya qilishi kerak konor bn oliverq pul uchungina jang qilmoqchi chunki past reytingdagi boyets bilan amaldagi chempion boshqa sababdan urushmasligi aniq, olivera geytji janggi qiziqroq manimcha aybi damda
   
04 jan 11:49:54
Mironsho_Jabborov
Charlzni variantida Conorni korib darrav minus bosasilare:)))) odam bunchalik ichi qora bomidiye. McGregor hammaga qiziq. Shu holatda ham title jangi berilishi mumkin unga qanday ajoyib a? Maza qilamanda shu joyiga Khabibni gapi: Yesli ti perviy, ti perviy. Hahahaha. O'layda.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing