So’nggi yangiliklar

13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0

30 sen 13:30
Yangiliklar

Ot Sporti

CHavandozlarimiz Millatlar kubogi finalida qatnashish uchun Ispaniyaga jo'nab ketishdi

Teglar :  Ot sporti
Konkur bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ot sporti olamidagi nufuzli musobaqaning finalida ishtirok etish uchun Barselonaga yo'l oldi.

Jamoamiz O'zbekiston, Qirg'iziston va Rossiyada o'tkazilgan barcha saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan va Evrosiyo divizionining 11 mamlakati orasida yagona final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Ot sporti dunyosida Olimpiya o'yinlaridan so'ng turuvchi ushbu obro'li tadbirlardan biri aynan Millatlar kubogi musobaqasidir. Xalqaro ot sporti federaciyasi (FEI) barcha milliy federaciyalarni joylashuviga ko'ra saralash bosqichlari o'tkaziladigan 7 ta mintaqaga ajratdi va eng kuchli 18 ta jamoa (1 ta jamoada 4 ta chavandoz) yakuniy turnirga yo'llanma oladi. Kubok finali har yili kuzda Ispaniyada bo'lib o'tadi.

Malumot uchun: ot sporti bo'yicha eng qadimiy turnirlardan biri bo'lgan Millatlar Kubogi 1909 yildan Evropa mamlakatlarida o'tkaziladi va 1930 yildan Xalqaro ot sporti federaciyasi uning asosiy tashkilotchisiga aylandi. Yaqinda yo'lga qo'yilgan Millatlar kubogining shiori – “Milliy g'urur, xalqaro tashabbus”ga aylandi. Bu turnirning ruhini eng yaxshi tarzda ifoda etadi, deya hisoblaydi tashkilotchilar. Tarixda Millatlar kubogining nomi bir necha bor o'zgardi: Qirolicha kubogi, Prezident kubogi, SHahzoda Filipp kubogi.

Takidlash joiz, respublikamizda ot sportining eng rivojlangan turi konkur bo'lib, chavandozlarimiz uchun FEI Millatlar Kubogi finaliga chiqish katta orzu edi. Har yili aprel oyida chavandozlarimiz shaxsiy hisobda Jahon kubogi yo'llanmasi uchun mintaqamiz vakillari bilan bahslashadilar. 2020 yil oxiridan boshlab vaziyat o'zgardi. Ot sporti bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yangi tashkil etilgan Evroosiyo yilqichilik va ot sporti associaciyasiga qo'shildi. 2021 yil 21-25 aprel kunlari Toshkent viloyatining “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida ot sporti bo'yicha xalqaro musobaqa – “FEI Jumping Nations Cup Eurasian League” turniri bo'lib o'tdi, unda O'zbekiston jamoaviy bahsda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ispaniyada o'tkaziladigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi tarkibida quyidagi sportchilar ishtirok etishadi: Bahromjon Gaziev, Umid Komilov, Bekzod Qurbonov, Azam Tolibboev. Ishtirokchi davlatlarning to'liq ro'yxati: Belgiya, Braziliya, Kanada, Franciya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, SHveciya, SHveycariya, AQSH va O'zbekiston.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing