So’nggi yangiliklar

18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0 14:09Шахматчиларимиз FIDE аёлар Жаҳон кубогидаги иштироклари муваффақиятли бошлашди 0

07 avg 18:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Ertaga ikkita final. 8 avgust Bahodir Jalolov boksdagi alamlarimizni biroz unittiradigan kun bo'lishi shart

Ertaga boksda so'nggi 2 ta vazn toifasida chempion nomiga aniqlik kiritiladi.

8 avgust Tokio Olimpiadasining oxirgi kuni. Boks bo'yicha so'nggi chempionlar aniqlanadi. Avvaliga -63 kg vaznda AQSH vakili Keyshon Devis so'nggi ikkita Jahon chempionati oltin medali sohibi kubalik Endi Krus Gomesga qarshi ringga chiqadi.

Bu juftlik Ekaterinburgdagi dunyo birinchiligi finalida fantastik jang ko'rsatgan va yakunda hakamlar Gomesning g'alabasini elon qilishgan. Kubalik bizning iqtidorli bokschimiz Iqboljon Xoldarovni ham ikki bor mag'lub etgan: Butunjahon Boks Ceriyasida hamda Gamburgdagi Jahon chempionati finalida.

Devis va Gomes janggi Tokio Olimpiadasining eng shiddatli to'qnashuvi bo'lmasligiga hech qanday sabab yo'q. Bu jang Toshkent vaqti bilan 10:15 da boshlanadi.

SHundan so'ng bizning yagona umidimiz - +91 kg vazndagi Bahodir Jalolov AQSH vakili Richard Torresga qarshi jang qiladi. Bu raqiblar ham begona emaslar. Ekaterinburgda hamyurtimiz Richardni chuqur nokaut holatiga tushirgan edi. Biroq Tokiodagi Torres umuman boshqa formada. Yarim finalda qozog'istonlik Kamshibek Konkabaevni qanday ahvolga tushirib qo'yganini guvohi bo'ldik. Bu bahs haqiqiy titanlar to'qnashuvi bo'lishiga shubha yo'q. Bu jang Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.

Ertangi kun - butun O'zbekiston kutayotgan kundir. Ertaga biz uchun, boks muxlislari uchun terma jamoamizning Tokio-2020 dagi yagona oltin medalini qo'lga kiritib, alamlarni biroz unitadigan kundir... Boshqasiga Jalolovning o'zi rozi bo'lmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

+2   
07 avg 19:19:07
Bekh0098
Ertaga bahodurga omad! Parij olimpiadasiga terma jamoamizni boshqa tajribali, nominal tarkib tanlay oladigan murabbiylar olib borishiga umid qilamiz. Nafaqat erkaklar ayollar terma jamoamizga ham yaxshi murabbiy kerak.
   
07 avg 21:00:38
CHELSEA2211
Haqiqatan Torres ancha ösibdi...
   
07 avg 18:57:33
Kosimov_090
Omad Inshallah oltin bizniki
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing