So’nggi yangiliklar

00:02ЖЧ-2025. Азиза Зокирова венгриялик рақибасини муддатидан олдин таслим этди 0 23:15Хуморабону Мамажонова Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 19:24"Дэвис кубоги". Гонгконг — Ўзбекистон: иккала жамоанинг ўйин учун таркиблари маълум 0 19:03Тимур Кападзе: "Пенальтилар сериясига тайёрмиз" 0 18:42Абдумалик Халоков ЖЧдаги илк жангидан кейин: "Бу менга жавобгарлик юклайди" 0 18:21UFC ташкилотидан ҳайдалган Брайан Баттл PFL билан шартнома имзолади 0 18:00Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади 0 17:44Қозоғистон Жаҳон чемпионатидаги иккинчи йўқотишни қабул қилиб олди 0 17:23Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда 0 17:02Шон О’Мэллининг навбатдаги жанги ҳақида маълумот берилди 0 16:41Octagon 78 бошланмоқда. Марказий жангда ҳамюртимиз камар учун октагонга чиқади 0 16:20Миразизбек Мирзахалилов жаҳон чемпионатидаги биринчи жангини ўтказди 0 15:56Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими? 0 15:35Лукашенко Соболенкони US Open чемпионлиги билан табриклади 0 15:14Исроил Мадримов докторлик йўлидаги илк ҳимоядан ўтди 0

05 sen 07:15
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorov va Gukesh g'alaba bilan boshladi, Umida va Afruza raqiblarini taslim etdi + FOTO

Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasi boshlandi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat tojiga bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.

Turnirning 1-turida Nodirbek Abdusattorov (2748) oq donalarda cerbiyalik Velimir Ivich (2630)ni mag'lubiyatga uchratdi. Javohir Sindarov (2722) armanistonlik Aram Hakobyan (2625) bilan durangga imzo chekdi. O'ziga xos o'zbek derbisida Ortiq Nig'matov va SHamsiddin Vohidov o'zaro murosaga kelishdi. 

WOMENS, yani ayollar guruhida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova hindistonlik jiddiy raqib Rameshbabu Vayshaliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Afruza Hamdamova shveycariyalik Mariya Mankoni, Umida Omonova reytingda o'zidan yuqorida turgan polshalik Oliviya Kiolbasadan ustun keldi. 

FIDE “Grand Swiss 2025” — 1-raund natijalari (O'zbekiston vakillari) OPEN:

Nodirbek Abdusattorov — Velimir Ivich (Serbiya) 1:0

Javohir Sindarov — Aram Hakobyan (Armaniston) 0,5:0,5

Nodirbek Yakubboev — Mishra Abhimanyu (AQSH) 0,5:0,5

Muhiddin Madaminov — Daniil Yuffa (Ispaniya) 0,5:0,5

Jahongir Vohidov — Nikolas Teodorou (Greciya) 0,5:0,5

Abdimalik Abdisalimov — Maksim Rodshteyn (Isroil) 0:1

Ortiq Nig'matov — SHamsiddin Vohidov 0,5:0,5

Muhammadzohid Suyarov — Frederik Svan (Germaniya) 0:1


Ayollar (WOMENS):

Gulruhbegim Tohirjonova — Rameshbabu Vayshali (Hindiston) 0:1

Guldona Karimova — Song Yuksin (Xitoy) 0,5:0,5

Afruza Hamdamova — Mariya Manko (SHveycariya) 1:0

Umida Omonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha) 1:0

Madinabonu Xalilova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya) 0,5:0,5

Boshqa natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, 1-turda amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju qora donalarda o'ynaganiga qaramay, franciyalik Eten Bakroni mag'lubiyatga uchratdi. Arjun Ergaisi ispaniyalik Maksim CHigaev, Yan Nepomnyashiy Andrey Volokitin, Rameshbabu Praggnanandha amerikalik Jefferi Ksiong, Maksim Vashe-Lagrav Sanan Syugirov bilan murosaga keldi. 

Alireza Firuzdja, Anish Giri, Vidit Santosh Gujrati, Parham Maqsudlu, Sem SHankland singari jami 17 nafar grossmeyster 1-turda g'alaba nashidasini surdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing