So’nggi yangiliklar

14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0 13:49Сергей Фомин Марбургда муваффақиятли старт олди 0 13:28Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди 0 13:07Боксчиларимиз йиғин ўтказиш мақсадида Хитойга жўнаб кетишди, у ерда терма жамоамизни халқаро мусобақа ҳам кутиб турибди 0 12:46Даниэль Кормье: "Ислам Топурияни енгади, лекин..." 0 12:25Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторов рапид бўйича учта партияда дона сурди 0 12:04“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум 0 11:43Царукян: "Топурияни фақат мен енга оламан" 0 11:22Ёшларимиз Чехия ва Венгрияда ўтказиладиган Европа Кубокларига жўнаб кетишди + ФОТО 0 11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0

23 sen 11:39
Yangiliklar

Taekvondo

Intervyu. Svetlana Osipova: "Keyingi musobaqa qachon bo'lishini bilmasang ham qo'lni tushirish kerak emas!"

Teglar :  TaekvondoOsipova
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yopiq holatda yig'inni davom ettirmoqda.

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati terma jamoamiz azosi, bir nechta xalqaro musobaqalar g'olibasi Svetlana Osipova bilan suhbatlashdi. 

- Karantin vaqtida uyda vaqtni qanday o'tkazdingiz? 

- Karantinda uyda yakka tartibda, onlayn tarzda mashg'ulotlarni davom ettirdik. Foydali ishlar bilan shug'ullandik. 


- Bunday sharoitda sport formani ushlab turish qiyin bo'lmadimi? 

- Davlatimiz va O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi uy sharoitida mashg'ulot o'tkazish uchun barcha sharoitni yaratib berishdi. Onlayn tarzda murabbiylar bilan bog'lanib mashg'ulotlani davom ettirdik. 


- Taekvondochi uchun yakka holda shug'ullanish qanchalik qiyin?  

- Albatta bizning sportda mashg'ulot uchun sherik juda zarur. Ammo istak yuqori bo'lsa yakka holda ham sport formani saqlab qolish mumkin. 



- Karantindan keyingi dastlabki yig'in qanday o'tmoqda? 

- Yig'in yaxshi o'tmoqda. Asta-sekin oldingi ritmga qaytyapmiz. Rostini aytsam musobaqalarni juda ham sog'indik.


- Ayni paytda sportchilarimiz uchun qanday cheklovlar mavjud? 

- Yig'in vaqtida bazadan tashqariga chiqish mumkin emas. Sog'ligimizni asrash uchun tibbiy niqoblar va antiseptiklardan foydalanyapmiz. Bir so'z bilan aytganda karantin qoidalariga qatiy rioya qilinmoqda. 


- Navbatdagi musobaqa qachon va qaerda bo'lishi nomalum bo'lib turibdi. Bu mavhum vaziyatda ham mashg'ulotlarni davom ettirish uchun qandaydir motivaciya bormi? 

- Baribir bu holat bir kun tugaydi. O'shanda oldingi sport hayotiga qaytamiz. Hatto keyingi musobaqa qachon bo'lishini bilmasang ham qo'lni tushirish kerak emas, terma jamoa safida ekanliging uchun ham ishlashda davom etish lozim!


O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing