So’nggi yangiliklar

16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0 14:09Шахматчиларимиз FIDE аёлар Жаҳон кубогидаги иштироклари муваффақиятли бошлашди 0 13:4818 ёшли Мирра Андреева фаолиятида ик бор Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 13:27Мусиала операция қилинди 0 13:06Янгиланган жаҳон рейтингида таэквондочиларимизнинг эгаллаб турган ўринлари қандай? 0 12:45Икрам Алискеров UFC 318 турнирида жанг қила олмайди 0 12:24Новак Жокович 16-маротаба Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 12:03Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда 0 11:42Riyadh Season ноябрь ойи учун йирик проф бокс оқшомини эълон қилди, кард маълум 0 11:21Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигининг навбатдаги кунида 9 та медалга эга чиқишди 0

05 avg 19:40
Yangiliklar

Kurash

Kasbida bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda + FOTO

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida Bel olish va Uch kurash bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va Uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi ushbu mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

Reglamentga muvofiq, dastlab Kasbi tumanidagi mazkur sport maktabining bayramona bezatilgan sport zalida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Marosimda Kasbi tuman hokimi To'xtamurod Meyliev, O'zbekiston Bel olish va Uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizov, Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Azamat Avazov, tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, sportchilarga samimiy tilaklar bildirishdi. SHundan so'ng musobaqaga start berildi.

Yosh polvonlar dastlab, Bel olishning chalish, xalqa-chalish, xalqa-chalishsiz hamda Uch kurashning yaktakli yo'nalishlarida belgilangan  vazn toifalariga ko'ra kuch sinashishdi. Bugunga qadar yuqorida takidlangan yo'nalishlar bo'yicha barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Mazkur bellashuvlarda asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg'ona viloyatlaridan kelgan sportchilarning chiqishlari muvaffaqiyatli bo'lmoqda. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Takidlash joiz, ertaga 6 avgustdan Uch kurashning yaktaksiz va yaktaksiz-xalqa yo'nalishiga start beriladi. Bellashuvlar 9 avgustga qadar davom etadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing