So’nggi yangiliklar

06:48Бугун Осиё чемпионатида оғир вазнли дзюдочиларимиздан медаллар кутамиз 0 01:43Фазлиддин Эркинбоев - Жаҳон чемпиони! 0 00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0

30 apr 17:30
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi!

Teglar :  Kurash
Joriy yilning 25-29-aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Dunyoning 24 mamlakatidan 200 nafardan ziyod kurashchilar, 30 nafar ITOs va 80 nafarga yaqin murabbiylik va hakamlik imtihoni qatnashchilari, 1000 ga yaqin xitoylik Tashkiliy qo'mita azolari, volontyorlar, qo'riqchi, shofyorlar va 50 ga yaqin matbuot hodimlari musobaqada ishtirok etdi.

Ikkinchi kun bahslari ham takrorlanmas usullar, chiroyli g'alabalarga boy bo'ldi. Yakuniy natija ham shunga mos bo'ldi, albatta. CHempionatning ikkinchi kunida ham Kurash vatani vakillari medallar jamg'arish bo'yicha peshqadamlikni saqlab qolishdi. Ularning hisobida 4 ta oltin va bitta kumush medali bor.

Ikkinchi o'rin esa mezbonlar CHin yurti vakillariga nasib etdi. Ular 2 ta oltin 1 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Eron jamoasi esa kuchli uchlikni yakunladi. Forslar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

SHuningdek, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Hindiston, Xitoy Taypeyi va filipinlik kurashchilar ham o'z uylariga Osiyo chempionati medallari bilan qaytadigan bo'lishdi.

G'olib va sovrindorlar:

Erkaklar -60 kg

1. ABDULAZIZ HAMROEV (O'zbekiston)

2. HAI LE CONG HOANG (Vetnam)

3. NICK GABRIEL LIGERO (Filippin)

3. OM RATTAN (Hindiston).

-73 kg

1. ELYAS PAKDEL (Eron)

2. HAMIDJON HAYDAVOV (O'zbekiston)

3. SHAURYAVEER GILL (Hindiston)

3. SHATLYK JUMANYYAZOV (Turkmaniston).

-100 kg

1. SHERMUHAMMAD JANDREEV – (O'zbekiston)

2. CHANG -HYUN BANG (Koreya respublikasi)

3. SHATLIK TORAEV (Turkmaniston)

3. CHIEH-HUNG CHEN (Xitoy Taypeyi).

Qizlar -48 kg

1. ULBUSIN HAKIMOVA (O'zbekiston)

2. AYSHIRIN HAYDAROVA (Turkmaniston)

3. HUI-TING HSU (Xitoy Taypeyi)

3. TANU MAAN (Hindiston).

-52 kg

1. SHUAIXIA HAN (Xitoy)

2. TAHEREH AZARPEIVAND (Eron)

3. CHIA-VEN SOU (Xitoy Taypeyi)

3. AYNUR AMANOVA (Turkmaniston).

-70 kg

1. DAN YU (Xitoy)

2. AZHAR SALIKOVA (Kozog'iston)

3. VAN-TING LI (Xitoy Taypeyi)

3. DONYA AGHEY (Eron).

-78 kg

1. YI LIU (Xitoy)

2. FILURA ERGASHOVA (O'zbekiston)

3. SHEETAL (Hindiston)

3. MELIKA OMID VANDCHALY (Eron).

-87 kg

1. POKIZAHON KAMOLDINOVA (O'zbekiston)

2. NGUEN THI NHU (Vetnam)

3. YANZI SONG (Xitoy)

3. JAHAN MUHAMMEDOVA (Turkmaniston).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing