So’nggi yangiliklar

11:55Олимпиада-2024 чемпиони Иман Хелиф World Boxing ташкилотини судга берди 0 11:34Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси! 0 11:13Олимпиада совриндорлари Японияга жўнаб кетишди 0 10:52US Open. Наоми Осака дунёнинг учинчи ракеткасини мағлуб этди 0 10:31Боксчиларимиз Жаҳон чемпионати манзилига етиб боришди 0 10:10CAFA. Бугун Турманистонга қарши майдонга тушамиз 0 09:49Магомед Анкалаев: "Перейра машғулотига таксичиларни таклиф қилибди" 0 09:28Синнер US Open 1/8 финалида қозоқ теннисчисини "сочиб" ташлади 0 09:07Фурқатбек Ёқубов: "Дана, менга локация ташла, манзилнинг аҳамияти йўқ!" (+ВИДЕО) 0 08:46Марко Асенсио энди турк клуби шарафини ҳимоя қилади 0 08:25Фомин Shanghai Challenger турнири саралашида иккита ўйин ўтказди 0 08:04Жей Опетайя Усик билан жанг учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 07:43UFC Париж турнирининг асосий кардидан ўрин олган жанг бекор қилинди 0 07:22Расман: Исак - "Ливерпуль" футболчиси! Трансфер рекорди янгиланди 0 07:01US Open. Свёнтек сўнгги рус теннисчисини ҳам мағлуб этди 0

02 noy 11:40
Yangiliklar

Tadbirlar

Manamada Osiyo Olimpiya kengashining gender tenglik mavzusiga bag'ishlangan seminari bo'lib o'tdi

Teglar :  MOQBahrayn
Bahraynning Manama shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tomonidan Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) strategik yo'l xaritasi, 2020+5 yilgi Olimpiya kun tartibiga muvofiq qitada gender tenglikni taminlash mavzusiga bag'ishlangan xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Malum qilganimizdek, unda mamlakatimiz nomidan yurtimizda ayollar sportining faol targ'ibotchilari, xususan, o'zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana CHusovitina, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi bosh kotibi Kseniya Gulyamova, MOQ Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nargiza Xolmirzaeva ishtirok etishdi.

Ikki kun davomida o'tkazilgan seminarda Oksana CHusovitina ham so'z oldi. Gimnastika afsonasi hayoti va sport maydonida duch kelgan muammolari, ularni qanday engib o'tgani, jamiyatda o'z o'rnini topishida sportning ahamiyati haqida to'xtalib, uni tanlaganidan hech qachon afsuslanmasligi, aksincha bundan baxtiyor ekanini bildirdi. 

SHuningdek, barcha xotin-qizlarga o'zlarining salomatligi uchun sport bilan muntazam shug'ullanishni tavsiya qildi. Yakunda OOKning gender tenglik masalalari masuli SHeyxa Hayat bin Abdul Aziz Al Xalifa hamyurtimizga esdalik sovg'asini topshirdi.

Tadbirda nutq so'zlagan OOK prezidenti vazifasini bajaruvchi Raja Randhir Singx o'z murojaatida barcha Milliy Olimpiya qo'mitalari qitada ayollarning sportdagi harakatini rivojlantirish va uni yuksaltirishga qaratilgan say-harakatlarni qo'llab-quvvatlashini takidladi.

Uning qo'shimcha qilishicha, OOK nafaqat musobaqa maydonida, balki sport tashkilotlari, mamuriyat va boshqaruv o'rinlarida ham ayollarga o'z qobiliyatlarini ko'rsatish uchun mustahkam platforma yaratishga ko'maklashadi.

Seminar davomida hamyurtlarimiz SHeyxa Hayat bin Abdul Aziz Al Xalifa, shuningdek, bir qator xorijlik ayol mutasaddilar bilan uchrashuvlar o'tkazib, yurtimizda xotin-qizlar sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Bir so'z bilan aytganda, ushbu seminar bugungi kunda ayollar sport harakati oldida turgan asosiy masalalarni yoritishda muhim platforma bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing