So’nggi yangiliklar

17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0 14:23"Деярли ҳар куни йиғлардим" 0 14:02Биволнинг менежери: "Бетербиев билан трилогия 2026 йилга қолдирилиши мумкин" 0 13:41Сергей Фомин Кесселдаги иштирокини бошлади 0 13:20Таэквондо терма жамоамиз аралаш жамоавий жуфтликда Жаҳон кубоги ғолибига айланди 0 12:59“Реал“ самолёти бўрон туфайли Нюарк аэропортига узоқ вақт қўнолмади 0 12:38Шахматчи қизларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқичига йўл олишди 0

30 avg 11:27
Yangiliklar

Boks/MMA, Olimpiya o'yinlari

OAV: AIBA 2024 yilgi Parijdagi o'yinlarda Olimpiya maqomini qaytarib ololmaydi

Manbalarga ko'ra, XOQ rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi federaciya rahbariyatidan shubhalanmoqda.

Xalqaro boks federaciyasi (AIBA) 2024 yilgi Parijdagi Olimpiada o'yinlarinida Olimpiya maqomini qaytarib ololmaydi, chunki XOQ AIBA rahbariyatiga shubha bilan qaraydi. Bu haqda XOQdagi manbalarga tayanib, Inside the Games jurnalisti Liam Morgan Twitter'da malum qildi.

«XOQ manbalari AIBA Parij Olimpiadasidan oldin tiklanmasligini taxmin qilishdi, chunki tashkilot rahbariyatiga shubha bor», - deb yozadi u.

2020 yil 12 dekabrdan boshlab AIBAga rossiyalik Umar Kremlyov boshchilik qiladi. 27 avgustda u 2024 yilga kelib AIBAga Olimpiya maqomini qaytarish uchun hech qanday to'siq ko'rmayotganini aytdi, chunki uning rahbarligi ostida federaciya barcha kerakli islohotlarni mustaqil ekspertlar, shu jumladan tashkilotning sobiq rahbariyati faoliyatini tergov qilayotgan Richard MakLarenning fikrlarini inobatga olgan holda amalga oshirgan.

2018 yil 30 noyabrda XOQ Tokio Olimpiadasida boks bo'yicha bahslarni chiqarib yuborishni reja qildi. Bu qaror AIBAga qarshi tergov boshlanganidan keyin qabul qilindi. 2019 yil may oyida XOQ Olimpiadada boks musobaqalarini o'tkazishga qaror qildi. SHu bilan birga, AIBA XOQning moliya, menejment, hakamlik va etika bilan bog'liq talablarini bajara olmagani uchun tan olinganlik maqomidan mahrum qilingan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing