So’nggi yangiliklar

18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 13:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр 0 12:56Фьюри 500 млн доллар эвазига UFC'да жанг қилишга тайёр 0

27 may 21:38
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Muhammadqodir Toshtemirov - yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi, Hojiakbardan 2ta bronza

Xabaringiz bor, Toshkentda og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bir oz oldin -81 kg vazn toifasidagi atletlar chiqishlarini yakunlashdi.  

Ushbu vaznda bir yo'la ikki nafar atletimiz medallar uchun kurash olib borishdi. 

Dast ko'tarish mashqida, kumush va bronza medallari uchun kurash o'ta murosasiz kechdi. 2003 yil tavallud topgan iqtidorli sportchimiz Hojiakbar Olimovga (150 kg) bronza uchun 1 kg, kumush uchun esa atigi 2 kg etmadi.  

Kutilganidek, Muhammadqodir Toshtemirov (161) ishonchli tarzda barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medalni qo'lga kiritdi. Birinchi o'rinni naqd qilgach, sportchimiz jahon rekordini yangilashga urinib ko'rdi, ammo Toshtemirov shtangani ushlab qola olmadi.  

Qayd etish lozim, Muhammadqodir eng yaqin taqibchisini 9 kgga ortda qoldirdi.  

SHu kuni har ikki mashqda ham Muhammadqodirga bas keladigan raqib topilmadi. Atletimiz ishonchli tarzda, katta farq bilan (ikkikurash natijasiga ko'ra 16 kg) raqiblarini ortda qoldirdi va dast ko'tarish, siltab ko'tarish hamda ikkikurashda ham oltin medallarga ega chiqdi. 

Yana bir yosh sportchimiz, Hojiakbar Olimov ham ishonchni oqladi hamda siltab ko'tarish va ikkikurash natijasiga ko'ra bronza medallarini qo'lga kiritdi. 

SHu tariqa, -81 kg vaznli atletlarimiz terma jamoamiz hisobiga 3ta oltin va 2ta bronza medalini qo'shib qo'yishdi.


Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati
Erkaklar, -81 kg

1. Muhammadqodir Toshtemirov (O'zbekiston) - 343 (161 + 182) kg;

2. Karen Margaryan (Armaniston) - 327 (152 + 175) kg;

3. Hojiakbar Olimov (O'zbekiston) - 326 (150 + 176) kg.




Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing