So’nggi yangiliklar

18:34Иман Хелиф фаолиятини якунлагани ҳақидаги хабарларни рад этди 0 18:13Нурсултон Рўзибоев қачон жанг қилишини айтди 0 17:52АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди 0 17:31"Чеченистонга қарши Доғистон — бомба!". Собиқ чемпион Чимаев — Махачев жанги ғоясидан ҳайратда 0 17:10Бивол жамоаси вакили Дмитрийнинг навбатдаги рақиблари ҳақида гапирди 0 16:28"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди 0 16:07Шон Стрикленд ярим йилга жанглардан четлатилди 0 15:46Расман: Виржил Ортиснинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 15:25Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирдаги пешқадамлигини мустаҳкамлади 0 15:04АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" Топда 0 14:43The Ultimate Fighter 33 шоусида мағлуб бўлган қозоғистонлик жангчи UFC'га қўшилди 0 14:22Нурсултон Рўзибоев Брайан Баттлнинг UFC'дан ҳайдалишига қандай муносабат билдирди? 0 14:01Ўзбекистон фигурали учиш бўйича қишки Олимпиада саралаши учун қўшимча квотасидан фойдаланмади 0 13:40Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади 0 13:19Расман! ўзбекистонлик спортчи Octagon League чемпионлик камари учун жанг қилади 0

25 iyu 07:40
Yangiliklar

Tadbirlar

“Osiyo bolalari” VII sport o'yinlarida qatnashadigan delegaciyamizni tantanali kuzatish marosimi o'tkazildi

27 iyul – 8 avgust kunlari Rossiya Federaciyasining Vladivostok shahrida 14-16 yoshli o'smirlar o'rtasida Osiyo bolalari VII sport o'yinlari bo'lib o'tadi.

Kecha Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida unda ishtirok etadigan delegaciyamizni tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasining masul xodimi Kamil Bayazitov, vazir o'rinbosarlari SHahrullo Mahmudov va Murodjon Ismoilov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov, o'zbek sportining taniqli vakillari, yosh atletlarimizning ota-onalari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Marosimni ochib bergan Adham Ikramov o'zbek sportining kelajagi hisoblanmish yangi avlod vakillariga omad va zafarlar tilab qoldi. SHundan so'ng vazir delegaciyamiz bayroqdori, boks bo'yicha Osiyo chempioni, umidli sportchimiz Temur Abduvahobovga O'zbekiston bayrog'ini tantanali ravishda topshirdi. O'z navbatida, yosh sportchimiz tengqurlari nomidan bo'lajak musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga vada berdi.

SHuningdek, rasmiy kuzatish marosimida taekvondo bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, professional boks bo'yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev, sportchilarning ota-onalari ham so'zga chiqib, yoshlarimizga bo'lajak musobaqada omad tilashdi.

Malumot uchun: «Osiyo bolalari» xalqaro sport o'yinlari Osiyo Olimpiya Kengashi tashabbusi bilan har 4 yilda bir marotaba o'tkazib kelinadi. O'zbekiston delegaciyasi unda ilk bor 2008 yilda ishtirok etgan. Bu galgi musobaqada jamoamiz 174 nafar (101 nafar o'g'il bola, 73 nafar qiz) atlet bilan sportning 17 ta turida qatnashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing