So’nggi yangiliklar

11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0

26 sen 07:21
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUda Evropa tillari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSU
Har yili 26 sentyabr – Evropa tillari kuni dunyo bo'ylab keng nishonlanib kelinadi.

Evropa Kengashi tashabbusi bilan 2001 yildan buyon butun dunyoda nishonlanib kelinayotgan ushbu bayram chet tillarni targ'ib etadi, chet tillar orqali jahon madaniyatlari namoyish etiladi.  

SHu kuni dunyo bo'ylab til targ'ibotiga bag'ishlangan marifiy kechalar o'tkaziladi. Jumladan, mamlakatimizdagi turli talim muassasalarida ham chet tillar kuni munosib nishonlanadi.

Xususan, kecha O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham “Evropa tillari kunini biz bilan nishonlang” mavzusida manaviy – marifiy tadbir bo'lib o'tdi. Universitetning Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil  etilgan mazkur Evropa tillari kuni bayram dasturida CHirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurtining bir guruh oficer va kursantlari, Toshkent viloyati Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi rahbari Z. X. Rahimova hamda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni universitetning o'quv ishlari bo'yicha prorektori Ikrom Ahmedov tabrik so'zi bilan ochib berdi.

SHuningdek, tadbirning rasmiy ochilish marosimida  so'z olgan O'zDJTSUning Sport o'yinlari fakulteti dekani Noryigit Dusanov, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Feruza Norboeva va boshqalar mazkur sanani nishonlashdan ko'zlangan maqsad, yoshlarni xorijiy tillarni o'rganishga rag'batlantirish hamda turli madaniyatlar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini mustahkamlashdan iboratligini takidlab o'tishdi.

SHundan so'ng,O'zDJTSU talabalari koreys, yapon, eron va Evropa tillarida o'z tabriklarini izhor etishdi. Talabalar va CHirchiq shahridagi 18-umumiy o'rta talim maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan chet tillaridagi kuy-qo'shiqlar hamda turli madaniyatlar aks etgan sahna ko'rinishlari namoyishi Evropa tillari kuniga bag'ishlangan bayramga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing