So’nggi yangiliklar

10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0 08:23Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди 0 08:02Бутунжаҳон ёзги Универсиада ўйинларида Ўзбекистон қайси спорт турларида иштирок этади? 0 19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0

28 sen 12:49
Yangiliklar

Futbol

O'zPFL ilk bor Pro liga va ayollar jamoalarini licenziyalashdan o'tkazishga erishdi

Teglar :  PFLOFK
Osiyo futbol konfederaciyasi talabi asosida Superliga klublari licenziyalash jarayonidan o'tishi sizga malum.

Bunda xalqaro maydonda o'ynash imkoniyati kam bo'lgan klublar ilgari licenziyalash masalasiga jiddiy etibor qaratmagan. 

O'zPFL rahbariyatida o'zgarish yuzaga kelgach, yangi tarkib ilk ishni aynan shu jarayonga etibor qaratishdan boshladi. Va biz endilikda nafaqat Superliga, balki Pro liga klublarini ham licenziyalashdan o'tkazishga erishdik. Yani, bugunga kelib Superliga va Pro liga klublariga qo'yiladigan talablar o'rtasidagi katta tofovut bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Bu kelajakda Pro liga orqali Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan klublar talablar borasida katta muammolar qarshisidan chiqishining oldini oladi. 

Quvonarli jihati shundaki, joriy yil hisobidan OFK licenziyasini olish uchun nafaqat Coca-Cola Superliga jamoalari, balki bir nechta Pro liga klublari ham jiddiy davogar bo'lib turibdi. Sodda qilib tushuntirganda, O'zPFL so'nggi bir yil davomida nafaqat klublarga talab qo'ydi, balki ularning ijrosi masalasida klublar bilan hamkorlik qildi. Buning natijasida O'zbekiston tarixida ilk bor quyi liga klublari ham OFK tomonidan qo'yilgan minimal talablarga javob berish arafasida turibdi.  

OFK, shuningdek, bu yildan etiboran ayollar jamoalarini rivojlantirish masalasiga ahamiyat bermoqda. Xususan ayollar jamoalari sinov tariqasida ilk bor licenziyalash jarayonidan o'tkazildi va O'zbekiston kam sonli azo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham licenziyalashga jalb etdi. 2022 yildan etiboran bu jarayon barcha azo mamlakatlar uchun majburiy bo'ladi. 2023 yildan boshlab esa ayollar jamoalari ishtirokida to'laqonli Osiyo CHempionlar ligasi tashkil etish rejaga kiritilgan. Oldinga o'tib shuni aytish kerakki, joriy mavsum hisobidan kamida 2 ta ayollar jamoamiz OFK licenziyasini qo'lga kiritishi mumkin. Bu esa qita miqyosida O'zbekiston imidjiga ijobiy tasir ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing