So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

09 sen 13:59
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz Jahon chempionatida 31 ta medal qo'lga kiritishdi. Bu umumjamoa hisobida birinchi o'rin!

Teglar :  Belbog'li kurash
Tatariston Respublikasining (Rossiya) Mamadish shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha 2004-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu jahon chempionatida ishtirok etgan belbog'li kurash bo'yicha 34 nafar terma jamoamiz azosi (bosh murabbiy Bekbergan Boltaev) 8 ta oltin, 7 ta kumush va 16 ta bronza medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Aynan 8 nafar chempion sportchimiz sharafiga madhiyamiz jahon arenasida sakkiz bora baralla yangradi, Vatanimiz bayrog'i sakkiz marta eng baland ko'tarildi.

Takidlash joiz, belbog'li kurash bo'yicha yana bir terma jamoamiz uch kun avval Rossiyaning Qozon shahrida o'tgan ilk MDH o'yinlarida ham ishtirok etib, 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishgan edi.

Demak, quyida jahon chempionatining g'olib va sovrindor sportchilari bilan tanishamiz:

Oltin medal sohiblari:

-45 kg. Habibjon Abdurashidov (Toshkent sh.)

-65 kg. Bek Komilov (Andijon)

-71 kg. Samandar Anvarov (Farg'ona)

-77 kg. Faryozbek Kozimov (Andijon)

-44 kg. Feruza Sobirova (Namangan)

-52 kg. Dildora Isroiljonova (Namangan)

-63 kg. Sevara SHajenova (Qoraqalpog'iston)

+70 kg. SHirinoy Yuldasheva (Namangan)

Kumush medal sohiblari:

-45 kg. Jasurbek Nishonboev (Andijon)

-50 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)

-71 kg. Mirzajon Mirzajonov (Namangan)

-77 kg. Samandar Abdusalomov (Namangan)

-95 kg. Ilyosbek Mirzaxmatov  (Namangan)

 -44 kg. Mehribonu Egamova (Andijon)

-57 kg. Zaxroxon Mahmudova (Farg'ona)



Bronza medal sohiblari:

-50 kg. Jumaboy Amirov (Navoiy)

-55 kg. Akbarjon Ubaydullaev (Farg'ona)

-55 kg. Asadbek Jalilov (Farg'ona)

-60 kg. Odiljon Pazliddnov (Namangan)

 -60 kg. Diyorbek Polvonboev (Farg'ona)

-85 kg. Imomali Tolibov (Farg'ona)

-95 kg. Anvarjon Xo'jamurodov (Namangan)

+95 kg. Jamshid Ubaydullaev (Toshkent sh.)

-48 kg. Albina Allambergenova (Qoraqalpog'iston)

-48 kg. Musharrafxon Murodalieva (Farg'ona)

-52 kg. Yasmina Sodiqova (Namangan)

-63 kg. Mohinur Rahmonova (Xorazm)

-70 kg. Madinabonu Qaxramonova (Andijon)

-70 kg. Lazzat Tolepbergenova (Qoraqalpog'iston)

+70 kg. O'g'iloy Salimova (Farg'ona)

-57 kg. Gulbahor Mirodilova (Farg'ona)



Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing