So’nggi yangiliklar

13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0 09:47"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин 0 09:26Юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида кучли учликдан жой олишди 0 09:05Али Абдел-Азиз: "Ислам Абу-Дабида жанг қилмайди!" 0 08:44Уимблдон. Ига Cвёнтек ортиқча қийинчиликсиз финалга чиқди 0

01 okt 16:10
Yangiliklar

Boshqalar

Qarshidagi maktab - internatida o'qituvchi va murabbiylar ezozlandi

1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan joylarda manaviy –marifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Xususan, kecha 30 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab – internatida ham ustoz va murabbiylar bayramiga bag'ishlangan manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur bayram tadbirida ko'p yildan buyon samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar maktab – interneti rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. SHuningdek, ushbu maktab-internatining malakali, fidioyi va jonkuyar tarix fani o'qituvchisi  Venera Muqimovaga bayram munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan imzolangan tashakkurnoma ham tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda so'z olgan maktab-internati direktori Yaxyo Turdimurodov sport - talim maskanida faoliyat olib borayotgan barcha o'qituvchi va trenerlarni ushbu qutlug' sana bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog'liq, mashaqqatli va sharafli mehnat faoliyatida zafarlar tiladi.

Bayram tadbirida maktab-internatining sportchi-o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy sahna ko'rinishlari  yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing