So’nggi yangiliklar

17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0 14:23"Деярли ҳар куни йиғлардим" 0 14:02Биволнинг менежери: "Бетербиев билан трилогия 2026 йилга қолдирилиши мумкин" 0 13:41Сергей Фомин Кесселдаги иштирокини бошлади 0 13:20Таэквондо терма жамоамиз аралаш жамоавий жуфтликда Жаҳон кубоги ғолибига айланди 0 12:59“Реал“ самолёти бўрон туфайли Нюарк аэропортига узоқ вақт қўнолмади 0 12:38Шахматчи қизларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқичига йўл олишди 0 12:17Илия Топурия: "Оливейра Царукянни бир неча маротаба финиш қилиши мумкин эди" 0

29 avg 13:24
Yangiliklar

Boshqalar

Qozonda birinchi MDH davlatlari o'yinlari o'tkaziladi

Teglar :  MDH o'yinlari
Unda O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibi 15ta sport turidan 240 kishini tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolangan.

SHuningdek, MDH mamlakatlari o'yinlarini o'tkazish g'oyasi Rossiya Federaciyasi tomonidan ilgari surilgan. Bu taklif 2018-yil 28-sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yig'ilishida qo'llab-quvvatlangan.

SHunga muvofiq, joriy yil 4-11 sentyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari o'yinlari bo'lib o'tadi.

Unda MDHga azo 10 ta (Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston) davlatdan jami 2 000 nafar ishtirokchi (shundan 1 500 nafari sportchi) ishtirok etishi kutilmoqda. Sportchilarning yoshi 14dan 23gacha bo'lishi qatiy belgilab qo'yilgan.

Birinchi MDH davlatlari o'yinlari dasturidan sportning 16 ta turi, yani boks, stol tennisi, erkin va yunon rum kurashi, belbog'li kurash, koresh, sambo, dzyudo, muay-tay, karate, basketbol, o'q otish, badminton, futbol, raqs sporti va badiiy gimnastika o'rin olgan bo'lib, ishtirokchilar 182 ta medallar jamlanmasi uchun kurashadi. Bahslarni 400 nafar hakam boshqarib borsa, o'yinlarning xavfsiz o'tishini taminlash uchun 10 000 nafar volonterlar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu o'yinlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – xalqlar o'rtasida ananaviy tarzda o'rnatilgan do'stona aloqalarni mustahkamlash va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimni amalga oshirishdan iborat.

Malumot uchun: birinchi MDH davlatlari o'yinlari uchun O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibi 240 nafarni tashkil qilib, vakillarimiz 15 ta sport turidan bahslarda ishtirok etadi. Vakillarimizdan 55 nafarini yakkakurash turlari vakillari tashkil etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing