So’nggi yangiliklar

16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0 13:05US Open. Ига Свёнтекнинг юриши бошланди, бу унинг мавсумдаги 50-ғалабаси! 0 12:44Нукус “Uzbekistan Judo Tour” мусобақасида ғолиблар аниқланди 0 12:23Тайсон Фьюри "Манчестер Юнайтед" cабаб футболни кузатмай қўйди 0 12:02ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади 0 11:41Муҳаммад Маддалена билан жанг қиладиган Махачевга маслаҳат берди 0

21 sen 07:22
Yangiliklar

Tennis

Rojer Federer 2022 yil hamda butun faoliyati davomida qancha pul ishlab topgan?

Teglar :  Rojer Federer
Yaqinda faoliyatini yakunlashini elon qilgan tennis afsonasi Rojer Federer haqida bazi faktlarni etiboringizga havola etamiz.

Federer bir yildan beri kortga chiqmayapti. U uchun "Uimbldon-2021"dagi Xubert Xurkachga qarshi o'yin kortdagi so'nggi uchrashuv bo'ldi. Ammo turnirlarda qatnashmagan bo'lsa ham, u tennisdagi daromad bo'yicha baribir eng yaxshi sportchi bo'lib qolmoqda. Bunda unga homiylar yordam berishdi.

Mukofot pullari

SHveycariyalik 1998 yildan beri kortda 131 million dollar mukofot puli ishlab topgan. U bu borada Novak Jokovich (159 million dollar) va Rafael Nadal (132 million dollar)dan keyin uchinchi o'rinda boryapti.

Sovrinlari:

- 20 ta "Katta Dubulg'a"

- 6 ta Yakuniy turnir

- 28 ta "Masters"

- 2 ta Olimpiya o'yinlari medali

Hammasi bo'lib - yakkalik bahslarida 103 ta titul.

Rojerning rekordi

Rojer har doim homiylarning sevimlisi bo'lgan. Asosiy dividendlarni mukofot pullari emas, balki homiylik mablag'lari keltiradi. 2020 yilda ishlab topgan 106 million dollar uning rekordi bo'lib qolmoqda. O'sha yili u dunyodagi eng badavlat tennischiga aylandi.

Federer quyidagi kompaniyalar bilan homiylik shartnomasini imzolagan:

Tennischi allaqachon o'nlab brendlar bilan uzoq muddatli shartnomalarga ega: Credit Suisse, Lindt, Barilla, Mercedes, Rolex. 2018 yilda u 20 yil davomida 150 million dollar olgan Nike kompaniyasini tark etdi va Uniqlo bilan shartnoma tuzdi. Bu yaponiyaliklarga 10 yil davomida 300 million dollarga tushdi.

Kortda 2022 yilda u bor-yo'g'i 700 ming dollar ishlab oldi. Ajoyib farq!

Rojer Federer ketma-ket 17 yildan beri eng ko'p maosh oluvchi tennischi bo'lib kelmoqda. Va  ehtimolki, u tennisdan ketganidan keyin ham bu davom etadi.

Kortdan tashqarida 90 million dollar

2022 yilda u eng boy sportchilar ro'yxatida ettinchi o'rinni egalladi. 

Quyidagi sportchilar undan oldinga o'tib ketdi: Lionel Messi (130 million dollar), LeBron Jeyms (121 million dollar), Krishtianu Ronaldu (115 million dollar), Neymar (95 million dollar), Stefen Karri (92,8 million dollar) va Kevin Dyurant (92 million dollar).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing