So’nggi yangiliklar

16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0 13:05US Open. Ига Свёнтекнинг юриши бошланди, бу унинг мавсумдаги 50-ғалабаси! 0 12:44Нукус “Uzbekistan Judo Tour” мусобақасида ғолиблар аниқланди 0 12:23Тайсон Фьюри "Манчестер Юнайтед" cабаб футболни кузатмай қўйди 0 12:02ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади 0 11:41Муҳаммад Маддалена билан жанг қиладиган Махачевга маслаҳат берди 0

22 sen 15:46
Yangiliklar

Boshqalar

RSTIAM mutasaddilari viloyatlarda o'rganish ishlarini olib borishmoqda

Teglar :  RSTIAM
MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) hududlardagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sportchilarga tibbiy xizmat ko'rsatish ishlarini o'rganish bo'yicha ish boshladi.

Markaz direktori Kamol Sirojitdinov boshchiligidagi ishchi guruh dastlab Andijon viloyatida bo'ldi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga (ADTI) tashrif chog'ida ushbu muassasa bilan sport tibbiyoti talimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Suhbatda RSTIAM va ADTI o'rtasida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, sport tibbiyoti sohasida ilmiy-innovacion yondashuvlarni yaratish yuzasidan yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolash kelishuviga erishildi.

SHundan so'ng mutasaddilar viloyatdagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining tibbiyot xodimlari, talabalar va o'qituvchilar ishtirokidagi yig'ilishda qatnashdilar. Unda RSTIAM sport tibbiyotini rivojlantirish va talabalarning ayni shu sohada kuchli talim olishiga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Kun davomida RSTIAM vakillari Andijon shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo'lib, u erdagi qurilish ishlari hamda tibbiyot bo'limi uchun ajratilgan joy bilan tanishishdi hamda uning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirishdi. Ishchi guruhning kelgusi tashrifi Farg'ona va Namangan viloyatlariga rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing