So’nggi yangiliklar

13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0 10:29Цзю ўзи жанг қилиш истагида бўлган уч рақиб номини айтди 0 10:08Классикларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 2 та медалга эга чиқишди 0 09:47Чарльз Оливейра даҳшатли нокаутидан кейин қайтишга тайёр, эҳтимолий рақиб ҳам маълум 0 09:26"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади 0 09:05UFC турнири ўтказиладиган давлатлар сони 30 тага етди 0 08:44Нукусда Ўзбекистон ва Корея Республикаси ҳамкорлиги доирасида учрашув бўлиб ўтди 0 08:23Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреевани ярим финал остонасида тўхтатишди 0

15 sen 10:28
Yangiliklar

Tokio-2020

Samarqand hokimi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari sovrindorlariga uy sovg'a qildi

Samarqand shahrida Tokioda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o'yinlari g'oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qatnashib, barcha Olimpiyachilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan qutlab o'tdi.

“Hammamiz musobaqani katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. SHuni alohida mamnuniyat bilan aytib o'tmoqchimanki, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish va unda ishtirok etishning o'zi bir sharafdir. SHunday ekan, unda ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman”, – dedi viloyat hokimi.

Erishilgan har bir natijadan so'ng, ayniqsa, davlatimiz bayrog'i yuksaklikka ko'tarilib, madhiyamiz baralla yangraganda barchalarimizning qalblarimiz g'urur va iftixorga to'ldi.

Takidlash joiz, Samarqanddan Olimpiada o'yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o'yinlarida esa 4 nafar sportchilari ishtirok etib, qator medallarga sazovor bo'lishdi. 

Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya o'yinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo bo'yicha Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uyning kaliti topshirildi.

SHuningdek, Olimpiya o'yinlarida qatnashish uchun licenziyani qo'lga kiritgan sportchilarga Samarqand shahridan boshlang'ich to'lovi to'langan ikki xonali uy hamda ularning murabbiylariga 25 million so'mdan pul mukofoti berildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing