So’nggi yangiliklar

19:40UFC Ўзбекистон ҳудудида расман трансляция қилиниши мумкин 0 19:19Шон О'Мэлли Плесси - Чимаев жанги учун тахмин билдирди 0 18:58"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради 0 18:37Усикнинг собиқ промоутери: "Александр фаолиятини тугатиши учун барча ишни қиламан" 0 18:16Шахматчиларимиз "Qonaev Cup 2025" турниридаги иштирокларини бошлашди 0 17:55Ўзбекистон бокс федерацияси Лазизбек Мулложонов билан боғлиқ вазият бўйича муносабат билдирди 0 17:34"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди 0 17:13Царукян Топуриянинг ҳаракати ва услубини масхара қилиб, Макгрегорни кўчирмачиликда айблади (ФОТО) 0 16:52Қозоғистон терма жамоаси аъзоси Аман Консбеков ўзбекистонлик боксчидан қабул қилиб олган мағлубиятини тан олмади 0 16:31Ўзбекистонлик ММА жангчиси Зубайра Тухугов билан жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 16:10Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби 0 15:4918 ёшли Мбоко фаолиятида илк бор WTA турнири 1/2 финалига чиқди 0 15:28Иноуэнинг собиқ рақиби Рамон Карденас Наоя ва Муроджон жанги ҳақида гапирди 0 15:07"Мен қилган хатони қилма". Царукян Чимаевга маслаҳат берди 0 14:46"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди 0

13 mar 19:37
Yangiliklar

Kurash

Sergeli tuman prokurori sovrini uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida tuman prokurori sovrini uchun turnir zo'r uyushqoqlik bilan o'tkazildi.

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida Sergeli tumani hokimligi bilan hamkorlikda bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida tuman prokurori sovrini uchun turnir tashkil etildi.

Toshkent shahar prokurori, Toshkent shahar kurash federaciyasi raisi Ulug'bek Qosimov tomonidan tasdiqlangan reja asosida o'tgan musobaqada poytaxtimizning barcha tumanlaridan uch yuz nafarga yaqin polvon g'oliblik uchun bellashdi.

SHiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakunida o'z vazn toifalarida Ramziddin Muhammadiev (27 kg), Saidakbar Hayitov (33 kg), Barkamol Toshpo'latov (40 kg), Husniddin Boboqulov (55 kg), Umirzoq Qurbonmurodov (65 kg), Farrux Hamdamov (65 kg), Javohir Xurramov (73 kg), Humoyun Qarshiev (73 kg), Umar Bozorov (90 kg), Erkin Qozoqov (+90 kg), Malika Qahhorova (63 kg)larga teng keladigani topilmadi.

Turnir g'olib va sovrindorlariga diplom, medal va qimmatbaho sovg'alarni Toshkent shahar prokurori o'rinbosarlari, Sergeli tuman sektorlar rahbarlari tantanali ravishda topshirdilar.

Etiborlisi, musobaqa doirasida Sergeli tumani mahallalaridan hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari tomonidan uyushmagan yoshlar, o'smirlar va bolalar turnirga jalb qilinib, kurash to'garaklariga azo qilindi.

Alimurod MAMADAMINOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing