So’nggi yangiliklar

15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0 12:14Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси финалга чиқа олмади 0 11:53Аҳмадалиев — Иноуэ кардида яна иккита чемпионлик жанги ўтказилади 0 11:32Икки шахматчимиз бугун FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич тай-брек баҳсида ўйнайди 0 11:11“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин 0 10:50Шакур Стивенсон рақиби билан кўз уриштирди (ВИДЕО) 0 10:29Терма жамоамиз "World Taekwondo Diamond Games"даги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 10:08Сергей Фомин Кессель турнирида 1/4 финалга чиқди 0

29 mar 10:54
Yangiliklar

SHaxmat

SHamsiddin Vohidov Markaziy Osiyo derbisida muhim g'alabaga erishdi va bugun u chempionlik uchun o'ynaydi!

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda 9-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba o'tkazilayotgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishyapti. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona suryapti va unda hamyurtlarimiz peshqadamlik qilishmoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, u 9-turda oq donalarda asosiy taqibchilaridan biri singapurlik Tin Czinyao (2597)ni mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2670) ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va chempionlik uchun yaxshigina imkoniyatni ega bo'lib oldi. U bu safar qora donalarda o'ynashiga qaramay, o'zi bilan bir xil ochko to'plagan turkmanistonlik Saparmirat Atabaevni taslim eta oldi.  

Yosh shaxmatimiz Humoyun Begmuratov (2430) ham musobaqada muvaffaqiyatli odimlayapti. U oq donalarda turnirning to'rtinchi tartib raqamli shaxmatchisi, hindistonlik grossmeyster Leon Mendonka (2643)ni mag'lubiyatga uchratdi. CHempionlik uchun kurashayotgan vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631) bu turda hindistonlik grossmeyster Puranik Abhimanyu (2636) bilan durang o'ynadi.  

Hamyurtimiz Almas Rahmatullaev (2413) hindistonlik grossmeyster Aditya Mittal bilan murosaga keldi. Muhammadzohid Suyarov (2474) tojikistonlik Mustafoxo'ja Husenxodjaevni taslim etdi. Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2525) o'zbek derbisida Bahrom Baxrillaev (2386)ni yuta olmadi. Muhiddin Madaminov (2550) hind shaxmatchisi Etan Vazni engdi. Grossmeysterlarimiz Marat Jumaev (2352) va Ortiq Nig'matov (2501) bu turda o'z uchrashuvlarini durang bilan yakunlashdi. 

So'nggi tur oldidan Nihal Sarin 7,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Uch shaxmatchi - Sanan Syugirov, Puranik Abhimanyu va SHamsiddin Vohidov 7 tadan ochko jamg'arib, turnir jadvalida Top-4`likdan joy olishgan. Syugirov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. To'qqiz ishtirokchi 6,5 ochkodan to'plagan. Ular orasida hamyurtlarimizdan Humoyun Begmuratov va Almas Rahmatullaev ham bor. 

Bugun so'nggi 10-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Birinchi taxtada SHamsiddin Vohidov oq donalarda peshqadam Nihal Saringa qarshi chempionlik uchun bahs olib boradi. SHamsiddin g'alaba qozongan taqdirda musobaqa chempioniga aylanishi mumkin. Humoyun Begmuratov qora donalarda hindistonlik grossmeyster Adhiban bilan o'ynaydi. G'alaba qozona olsa, u ham sovrinli o'rinlardan birini egallashi mumkin. Bugungi so'nggi 10-tur uchrashuvlari ham soat 15:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing