So’nggi yangiliklar

19:40UFC Ўзбекистон ҳудудида расман трансляция қилиниши мумкин 0 19:19Шон О'Мэлли Плесси - Чимаев жанги учун тахмин билдирди 0 18:58"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради 0 18:37Усикнинг собиқ промоутери: "Александр фаолиятини тугатиши учун барча ишни қиламан" 0 18:16Шахматчиларимиз "Qonaev Cup 2025" турниридаги иштирокларини бошлашди 0 17:55Ўзбекистон бокс федерацияси Лазизбек Мулложонов билан боғлиқ вазият бўйича муносабат билдирди 0 17:34"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди 0 17:13Царукян Топуриянинг ҳаракати ва услубини масхара қилиб, Макгрегорни кўчирмачиликда айблади (ФОТО) 0 16:52Қозоғистон терма жамоаси аъзоси Аман Консбеков ўзбекистонлик боксчидан қабул қилиб олган мағлубиятини тан олмади 0 16:31Ўзбекистонлик ММА жангчиси Зубайра Тухугов билан жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 16:10Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби 0 15:4918 ёшли Мбоко фаолиятида илк бор WTA турнири 1/2 финалига чиқди 0 15:28Иноуэнинг собиқ рақиби Рамон Карденас Наоя ва Муроджон жанги ҳақида гапирди 0 15:07"Мен қилган хатони қилма". Царукян Чимаевга маслаҳат берди 0 14:46"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди 0

23 mar 14:01
Yangiliklar

Kurash

SHerali Jo'raev tojik kurashida "Kobalt" mashinasiga ega chiqdi

Dushanbe shahrida xalqaro Navro'z bayrami munosabati bilan uchinchi xalqaro – gushtingi turniri bo'lib o'tdi.

Gushtingi tojik milliy kurashi hisoblanadi. Dushanbe shahridagi "Navro'zgo'x" stadionida bo'lib o'tgan musobaqada erkaklar -60 kg, -70 kg, -80 kg, -90 kg, +90 kg, ayollar esa -52 kg, -70 kg, -87 kg vazn toifalarida gilamga chiqishdi.

Quvonarlisi, uch kurashchimiz musobaqa g'olibi, yana uch nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Erkaklar o'rtasidagi g'oliblarga "Kobalt" avtomobillari topshirildi. SHerali Jo'raev +90 kg vazn toifasida tojikistonlik taniqli dzyudochi Temur Rahimovni mag'lubiyatga uchratib, ana shu avtoulovlarning biriga ega chiqdi. 

Ikkinchi o'rin egalari 38,6 ming somoniy (taxminan 3,5 ming dollar), uchinchi o'rin soxiblari esa 12,8 ming somoniy (taxminan 1,2 ming dollar) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. -80 kg vaznda kurashgan Umar Bozorov finaoda tojikistonlik SHodmon Rizoevga, -90 kg vazndagi Erkin Qozoqov esa yana bir taniqli dzyudochi Komronshoh Ustopiriyonga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni band etishdi.  

Ayollar vazn toifasida g'olib bo'lgan sportchilarga 38,6 ming somoniy (3,5 ming dollar), ikkinchi o'rin uchun – 25,7 ming somoniy (2,2 ming dollar), bronza medali sohiblariga 12,8 ming somoniy (1,2 ming dollar) mukofot puli berildi. 

Ayollar o'rtasidagi gushtingi kurashida hamyurtlarimizdan Ravzaxon Adasheva (-70 kg) va Pokizaxon Kamoliddinova (-87 kg) chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Dillola Dehqonboeva (-52 kg) esa uchinchi o'rinni egalladi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing