So’nggi yangiliklar

11:32Карлос Алькарас Уимблдон 1/8 финалида ўйнайди 0 11:11Superunited Rapid & Blitz Croatia. Магнус чемпион бўлган турнирда Абдусатторов нечанчи ўринни эгаллади? 0 10:50Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин 0 10:29Чимаев Дю Плессига қарши! UFC 319 учун расмий постер намойиш этилди 0 10:08Junior European Cup 2025. Японияни ортда қолдирган Ўзбекистон 32 давлат орасида 1-ўринни эгаллади (ФОТО+ЖАДВАЛ) 0 09:47Жангга икки ҳафта қолганида Ҳасанбой Дўсматовнинг рақиби ўзгарди (ФОТО) 0 09:26Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди 0 09:05World Boxing ташкилоти кубогини 5 та медаль билан якунладик 0 08:44Леон Эдвардс UFC'даги кейинги жангини кимга қарши ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 08:23Asian Juniors Cup 2025. Ёшларимиз иккинчи кунги беллашувларда ҳам 9 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:02Тимур Кападзе: "Ҳали шартномам янгиланмади" 0 23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0

12 iyu 13:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

"Sport Oskari" sohibi Umidjon Jalolovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, sportimiz marvaridi, yoshlar o'rtasida bir sportchi erishishi mumkin bo'lgan barcha musobaqalar g'olibi Umidjon Jalolov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Umidjon Jalolov 2002 yil 12 iyul kuni Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi O'tkir aka Umidjon 20 kunlik chaqaloq payti uni kurash zaliga olib kelgan va murabbiy Latif Xalimovga "o'g'lim Umidjon bugundan sizning shogirdingiz" deya topshirgan. Yaxshi niyat, yarim davlat deb bejizga aytishmaydi. Yigirma kunligida erkin kurash zaliga kelgan chaqaloq oradan yillar o'tib, uni butunlay zabt etdi.  

"O'sha kunni juda yaxshi eslayman. Otasi O'tkir bilan bolalikdan qalin do'stmiz. Bundan 19 yil oldin zalga 20 kunlik chaqaloqni olib kelib, u sening shogirding bo'ladi degandi. O'tgan yillar davomida biz aytishga arzigulik yutuqlar va shu bilan birga mashaqqatli yo'lni bosib o'tdik. Men Umidjon bilan faxrlanaman", - deydi Latif aka. 

Xalqaro toifadagi sport ustasi Umidjon Jalolov o'smirlar o'rtasida ikki karra Osiyo chempioni (Bangkok 2017, Toshkent 2018), jahon chempioni (2019, Sofiya), Argentinada o'tkazilgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari g'olibi (2018, Buenos-Ayres) hisoblanadi. U erishgan natijalari uchun "Sport Oskari" - "Oltin mangust" sovriniga ham ega chiqqan. Biz u zafar quchgan xalqaro musobaqalarni hali sanamadik. Bunga ancha vaqt kerak bo'ladi. 

Fursatdan foydalanib, erkin kurashimiz ertasi hisoblangan Umidjon Jalolovni bugungi unutilmas sana - tavallud kuni bilan muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing