So’nggi yangiliklar

01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0

30 mar 14:28
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polosi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Jahon kubogi yo'llanmasiga ega chiqdi!

Teglar :  Suv polosi
22-27 mart kunlari Singapurda suv polosi bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoalari o'rtasida Osiyo birinchiligi bo'lib o'tdi.

Mazkur turnirda O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqa yakunida bronza medalini qo'lga kiritish bilan birga, shu yilning 1-7 may kunlari Germaniyaning Berlin shahrida o'tkaziladigan Jahon kubogining ikkinchi divizioni musobaqasiga yo'llanmani ham qo'lga kiritdi.

Malumot o'rnida, O'zbekiston ayollar terma jamoasi bunday turdagi nufuzli musobaqaga ilk marotaba yo'llanmani qo'lga kiritmoqda.

Vakilalarimiz turnirda Tailand terma jamoasini 16:13, Singapurni esa 11:10 hisobida mag'lubiyatga uchratib, bronza medaliga ega chiqishdi.

Ayollar o'rtasidagi musobaqa yakunlariga ko'ra, Qozog'iston vakillari birinchi, tailandliklar ikkinchi, O'zbekiston terma jamoasi esa uchinchi o'rinni band etdi.


Erkaklar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston, Xitoy, Singapur, Eron, Tailand, Gonkong, Qozog'iston, Filippin kabi jami 8 ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan o'rin egalladi.

Terma jamoamiz guruh bosqichi o'yinlari yakuniga ko'ra 5-8 o'rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Gonkong terma jamoasini 12:11 hisobida mag'lubiyatga uchratgan vaterpolchilarimiz, 5-6 o'rinlar uchun Singapur termasi bilan bahs yuritadigan bo'lishdi.

Mazkur uchrashuv kutilganidek so'nggi daqiqalarga qadar murosasiz kurashlar ostida kechdi va unda musobaqa mezbonlari bir to'p farqi bilan 12:11 hisobida g'alaba qozondilar.

SHunday qilib, erkaklar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi kuchli oltilikdan o'rin egalladi. Mazkur musobaqada Xitoy termasi oltin, Eron vakillari kumush, qozog'istonlik vaterpolchilar esa bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing