So’nggi yangiliklar

18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0

09 avg 09:04
Yangiliklar

Tennis

Tennis afsonasi Rojer Federer 40 yoshni qarshi oldi

Kecha shveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer o'zining yubiley - 40 yoshini nishonladi.

Rojer Federer - 1981 yilning 8 avgust sanasida SHveycariyaning Bazel shahrida tug'ilgan. Federer ilk tennis saboqlarini 8 yoshida olgan. Rojer professional faoliyatini 1998 yili boshlagan. U faoliyati davomida jami 110 ta sovringa ega chiqqan, ulardan sakkiztasi juftlik bahslarida qo'lga kiritilgan.

 

SHuningdek, Rojer 20 marta "Ulkan toj" musobaqalarida zafar quchgan. Bu esa tennis tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Rojer Australian Open (2004, 2006, 2007, 2010, 2017 va 2018), "Rolan Garros" (2009), "Uimbldon" (2003-2007, 2009, 2012 va 2017), US Open (2004-2008) turnirlarida bosh sovringa ega chiqqan.

Federer nafaqat o'zi uchun, balki vatani - SHveycariya terma jamoasi uchun ham ko'plab sovrinlarni yutib bergan. Pekin-2008 Olimpiya o'yinlarida hamyurti Sten Vavrinka bilan birgalikda Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan. 

London-2012da esa hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marreyga imkoniyatni boy berib qo'ygan. 2014 yilda SHveycariya terma jamoasiga "Devis Kubogi"da g'alaba qozonishga ko'mak bergan. 

Rojer faoliyati davomida umumiy hisobda 310 kun davomida ATP reytingi karvonboshisi bo'lgan. Bu natija ham tennisda rekord hisoblanadi. 

Federerga juda ko'plab rekordlar tegishli, masalan, u har bir "Katta Dubulg'a" musobaqalarining yarim finaliga kamida besh martadan etib borgan. Bunday ko'rsatkichni hali hech bir tennischi uddalay olmagan. 

Tennis yulduzi o'zining juftini ham tennisdan topgan. Sababi u 2009 yilda tennischi Miroslava Vavrinec bilan turmush qurgan. O'sha yilning 23 iyulida tennischilar oilasida egizak qizchalar dunyoga keladi. 2014 yilning 6 avgustida esa yana bir egizak farzandlarning ota-onasiga aylanishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing