So’nggi yangiliklar

09:07Алекс Перейра: "Реваншдаги мағлубиятдан сўнг Анкалаев камар учун жанг қилмайди" 0 08:46Ёшларимиз Осиё чемпионатидаги рақибларини билиб олишди (қуръа натижалари) 0 08:19Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади 0 07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0

02 apr 16:57
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkent tumanida "Besh tashabbus olimpiadasiga"ga start berildi

Yurtimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqasi davom etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ–201-son qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taminlash maqsadida o'tgan yili mamlakatimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mavsumiy bosqichlarida minglab yoshlar ishtirok etib, bor mahorat va iqtidorlarini namoyish etishgan edi. 

Endilikda esa mazkur"Besh tashabbus olimpiadasi" ning joriy yilgi birinchi mavsumi yani, ko'chalararo mahalla musobaqalari bosqichi boshlanmoqda.

Xususan, kecha 1 aprel kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi sport maktabida ham "Besh tashabbus olimpiadasi"ga start berilishi munosabati bilan ushbu maktabga qarashli universal sport majmuasida namunaviy tarzda tantanali ochilish marosim tadbiri tashkil etildi.

Toshkent  viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Toshkent tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman sport maktabi,  tuman maktabgacha va maktab talimi bo'limi hamkorligida o'tkazilgan ushbu tadbirda 200 nafardan ortiq sportchi o'g'il-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida so'z olgan Toshkent tumani hokimi o'rinbosari Ibrohim Saidkarimov hamda sport maktabi direktori Dilshod Mansurovlar "Besh tashabbus olimpiadasi" bellashuvlari boshlanishi bilan barchani qutlab, ishtirokchilarga omad tilashdi. 

SHundan so'ng sport maktabi tarbiyalanuvchilari hamda tumandagi "Fayzobod" mahallasining yoshlari ishtirokida "Quvnoq startlar", stol tennisi, gimnastrada, engil atletika, mini futbol, shashka bo'yicha o'zaro bellashuvlar tashkil etildi.

Sport maktabining ommaviy sportni rivojlantirish va selekciya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Fayzulla Hikmatovning takidlashicha, tumandagi 68 ta MFYlarda belgilangan dastur-rejaga ko'ra "Besh tashabbus olimpiadasi"ning birinchi bosqichiga start beriladi.

Malumot uchun, aprel, may, iyun oylarida "Yoshlar raqs festivali" tanlovi, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, engil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shashka, futbol, strbitbol, vorkout bo'yicha respublika sport musobaqalari "Yoshlar kubogi" kibersport musobaqalari hamda ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari o'tkaziladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing