So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

06 sen 10:45
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha xalqaro konferenciya ish boshladi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha Osiyo, Pan Amerika va Afrika konfederaciyalarining hamkorlikdagi konferenciyasi bo'lib o'tmoqda.

Unda har uch mintaqa konfederaciyalarining rahbariyati, unga azo 30 dan ortiq milliy federaciyalar vakillari ishtirok etishmoqda.

Konferenciyaning mavzusi “Osiyo va boshqa qitalarda qilichbozlikni rivojlantirishning innovacion uslublari” bo'lib, unda so'nggi davr, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi paytida rivojlanishning yangi metodologiyasi bo'yicha qimmatli malumotlar almashinmoqda. Tadbirni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov ochib berdi. Qo'mita rahbari so'z o'rnida Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor, buning samarasida barcha turlar qatori qilichbozlikning rivojlanib borayotgani xususida alohida to'xtalib o'tdi.

SHundan so'ng Pan Amerika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Vitaliy Logvin, Afrika qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti Embannik Ndie, Osiyo qilichbozlik konfederaciyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Rusni Abu Hasan, shuningdek, ushbu tashkilotlarning bir qator mutasaddilari o'z taqdimotlarini namoyish qilishdi. Unda so'z olgan spikerlar qilichbozlik sportini rivojlantirish, buning uchun joylarda olib borilayotgan loyihalar, yo'lga qo'yilgan seminar va o'quv-kurslari, kelgusidagi loyihalar xususida malumot berishdi.

“Qilichbozlik sportining yanada rivojlanishi uchun yo'l ochayotgan O'zbekiston hukumatiga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Aprel oyida epidemiologik vaziyat murakkab bo'lib turganda aynan bu davlat tashabbus bilan Osiyo mintaqasi uchun o'tgan Tokio-2020 licenzion musobaqasini qabul qildi. Bularning barchasi janob Prezident Mirziyoevning etiborlari qanday ekanini ko'rsatib turibdi. O'z navbatida, o'zbek qilichbozlarining ham xalqaro maydondagi natijalari tobora o'sib bormoqda”, – dedi Vitaliy Logvin.

Tadbir davomida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova Toshkentda ochiladigan murabbiylarni o'qituvchi xalqaro akademiya faoliyati haqida maruza qildi.

Konferenciyada qilichbozlik sportining istiqboli, yangi innovacion yo'nalishlar, jumladan, maktab o'quvchilari uchun interaktiv olimpik enciklopediya yaratish, yirik musobaqalarni o'tkazishda yangicha texnologiyalardan foydalanish kabi 10 ga yaqin mavzular atroflicha muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing