So’nggi yangiliklar

14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0 14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0

28 apr 19:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Tursunoy Rahimova: "Boks men uchun shunchaki xobbi emas, jahon chempionatidan oltin medal bilan qaytmoqchiman"

Teglar :  Tursunoy Rahimova
Boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionatiga oz vaqt qolmoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati terma jamoamiz azolarining fikrlarini etiboringizga havola qiladi. 

Bu safar biz Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, O'zbekistonning ko'p karra chempioni Tursunoy Rahimovaning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Nasib qilsa, kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida uchinchi marotaba qatnashaman. Boks men uchun shunchaki xobbi emas - hayotim mazmuni hisoblanadi. Sportni tark etishni o'ylasam yuragim orqaga tortadi, ammo shuni bilamanki, barcha narsani o'z vaqti-soati bor. 

Turkiyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlik yuqori darajada o'tmoqda. Bunday mashg'ulotlardan so'ng yuksak natijalarni qayd etishimiz shart. Asosiy etibor jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka qaratilgan. Tayyorgarlik jarayoniga psixolog ham biriktirilgan. Bu esa o'z navbatida bizga katta yordam bermoqda. 

Jahon chempionatidagi maqsadim - oltin medalni qo'lga kiritishdir. Ushbu musobaqani uzoq vaqt kutdim va bahslarga qattiq tayyorgarlik bilan ketyapman. Nasib qilsa, oltin medal bilan qaytaman. 

Bo'lajak chempionatda men uchun Turkiya va Hindiston terma jamoalari azolari asosiy raqib bo'lishi kutilmoqda. SHuningdek, musobaqaning adolatli o'tishi ham muhim ahamiyatga ega", - dedi Tursunoy Rahimova. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing