So’nggi yangiliklar

17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0 14:00Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси бошлади 0 13:39Пантожа Жошуа Ван билан декабрь ойида жанг қилишга тайёр 0 13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0 12:57"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди 0 12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0

02 okt 15:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Og'ir atletika

Uch nafar o'zbek sportchisiga "Gentra" avtomobili sovg'a qiliindi + FOTO

So'nggi yillarda Vatanimiz sportchilari jahon arenalarida olamshumul g'alabalarni qo'lga kiritib kelishayotgani hech kimga sir emas.

Bu yutuqlarga Toshkent viloyati sportchilari ham o'zlarining salmoqli ulushini qo'shib kelmoqda.

Kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga Toshkent viloyatidan uch nafar sportchi yo'llanmani qo'lga kiritishgan. Bular – og'ir atletikachi Akbar Jo'raev, bokschilar Elnur Abduraimov hamda Tursunoy Rahimova.

Bugun Toshkent viloyati hokimligida ushbu sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda viloyat hokimi, senator Rustam Xolmatov ishtirok etib, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlariga minnatdorlik bildirdi.

SHundan so'ng Tokio-2020 licenziantlariga “Gentra” rusumli avtomobil kalitlari topshirildi. Faqat, Elnur Abduraimov ayni vaqtda AQSHda bo'lib turgani va professional boksda navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rayotganligi bois uning nomidan sovg'ani otasi Nurgali Abduraimov qabul qilib oldi.

SHuningdek, tadbirda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi To'lqin Qilichev, boks murabbiyi, Olmaliq shahar BO'SM direktori Ozod Hasanov hamda trener Azamat Turopovlar ham hokim sovg'asi – Noutbuk bilan taqdirlandi.

Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing